“MAROQAND” RESPUBLIKADA IKKINCHI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Oliy ta’lim muassasalaridagi talaba yoshlar o‘rtasida “Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi” ko‘rik-tanlovining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida zamonaviy fikrlovchi, bugungi keskin iqlim o‘zgarishi sharoitiga moslashtirishga oid ilg‘or fikrga ega, o‘zi tanlagan ixtisoslik bo‘yicha tashabbuskor va faol talabalar safini kengaytirish va ularni qo‘llab quvvatlash, sohada har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlashdan iborat.  Mazkur ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etgan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining "Maroqand" jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqvdirlandi.

 

LTR RTL