WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Taylakov Tolib Isakulovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari:

·           Veterinariya

·           Veterinariya gelmintologiyasi

Shaxsiy ma’lumotlar:

Tolib Taylakov 1993-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2001-yilda 03.00.20 – “Gelmintologiya” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2023-yilda 03.00.06 “Zoologiya”  ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan.

2016-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi” estalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 110 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma chop ettirgan.

Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarda ishtirok etish bilan birgalikda universitetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy salohiyatni oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirmoqda.

Lavozim vazifalari:

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

• Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

• Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;

• Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy jarayonlarga oid masalalar bo‘yicha universitet ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

• Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

• O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

• Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

• Ilmiy tadqiqotchilik jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy jamoalar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

• Bo‘limlar, fakultet va kafedralar, ilmiy laboratoriyalarning ilmiy tadqiqot sohasi bo‘yicha ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

• Ilmiy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

• O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, universitet ilmiy-texnik kengashi ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or ilmiy va uslubiy tajribalarni umumlashtirish;

• Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini universitet xodimlari t omonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;

• Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

• Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqot ishlariga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlar va ilmiy laboratoriyalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish; 

• Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

• Ilmiy laboratoriyalaridan unumli foydalanish, laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;

• Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

• Ilmiy tadqiqot va ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

• Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

• Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

• O‘rnatilgan tartibda universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish.

Mehnat faoliyati:

             1988-1993 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi;

           1993-1995 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti parazitologiya kafedrasi vrach

                                         ordinatori;

           1995-1998 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti aspiranti ;

            1998-2000 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Parazitologiya” kafedrasi assistenti;

            2000-2002 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Parazitologiya” kafedrasi

                                          preparatori;

             2002-2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Parazitologiya va vetakusherlik”

                                           kafedrasi assistenti;

            2004-2006 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Hayvonlar kasalliklari va

                                           Parazitologiya” kafedrasi assistenti;

            2006-2010 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Veterinariya, zootexniya va               

                                           qorako‘lchilik fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini;

           2010-2012 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi;

           2012-2017 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti akademik litsey va kasb-hunar

                                          kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor;

           2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘qitishning texnik vositalari bo‘limi            

                                          boshlig‘i, o‘rindoshlik asosida xayvonlarning yuqumli va invazion                           

                                          kasalliklari kafedrasi dotsenti;

           2018-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi mudiri;

           2022-2024 yy. -Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi direktori, o‘rindoshlik asosida parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi dotsenti, veterinariya fanlari doktori;

          2024y. - h.v.- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va  

                                      Biotexnologiyalar universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, veterinariya fanlari doktori, dotsent.