UNIVERSITET KATTA YURISKONSULTI

UNIVERSITET KATTA YURISKONSULTI

Eshmamatov Istam Nurmuxammadovich

Telefon: 97-398-42-83


E-mail: istam713@gmail.com


Yuriskonsultning xizmat vazifalari va funksiyalar

- davlat organi va tashkilotining huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʻminlashni tashkil etish;
- davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
-davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
-davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
-shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʻvo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʻminlash.
-davlat organi va tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
-davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi hamda ular boʻyicha eʻtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
-jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga taʻsir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;
-mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi;
-davlat organi va tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
-davlat organi va tashkilotining boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi koʻrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
-davlat organi va tashkilotida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
-davlat organi va tashkilotida mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʻminlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
-davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga davlat organi va tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʻminlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;
-davlat organi va tashkiloti xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʻrsatadi;
-davlat organi va tashkilotining norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;
-davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;
-davlat organi va tashkilotining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va davlat roʻyxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi;
-ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;
-normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha eʻtiroz va takliflar boʻlmasa, ularga viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
-tizimli ravishda davlat organi va tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni oʻtkazadi;
-davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
-davlat organi va tashkilotining normativ-huquqiy hujjatlar fondini toʻldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini koʻradi, davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna boʻlish haqida takliflar kiritadi;
-davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlari toʻplamlarini nashr etishga tayyorlaydi;
-davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, kelishilgan hamkorlikni taʻminlaydi;
m) davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam koʻrsatadi, yuridik xizmat faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyanomalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqadi;
-davlat organi va tashkiloti rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
-davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etadi;
-davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli qonunchilikni targʻib qilish ishlarini amalga oshiradi;
-zudlik bilan davlat organi va tashkiloti axborot xizmatiga davlat organi va tashkiloti veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati toʻgʻrisida maʻlumotlar kiritadi;
-davlat organi va tashkiloti xodimlarining murojaatlari boʻyicha ularga davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga koʻmaklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
-qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi maʻlumotlarni, sud amaliyotini, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalarini davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarga yetkazadi;
-davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradi;
-boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkiloti tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar eʻtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
-shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
-davlat organi va tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish boʻyicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
-davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
-tegishli tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini oʻrganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini koʻradi;
-shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʻvo ishlarini olib boradi;
-davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;
-mulkni saqlash masalalari boʻyicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
-boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;
-moddiy boyliklar va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiisteʻmollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari boʻyicha huquqiy xulosalar beradi.
-Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
-Yuridik xizmat va uning xodimlariga Nizomda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.