XALQARO ALOQALAR BO'LIMI


BO'LIM VAZIFALARI
SamDVMCHBUning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni ishlab chiqish va tashkil etish;
SamDVMCHBU faoliyatini xalqaro tashkilotlar, proyektlar, dasturlarda kengaytirish;
SamDVMCHBUga rasmiy, ishchi, norasmiy (xususiy) tashriflar bilan kelgan xorijiy delegatsiyalarni qabul qilishni tayyorlash va o'tkazish;
Xorijiy o'qituvchilarni SamDVMCHBUda ma'ruza o'qishga jalb qilish;
Akademik harakatchanlikni ta'minlash;
Xorijiy sherik universitetlar bilan birgalikda yozgi va qishki maktablarni tashkil etish va ularning ishlarida SamDVMCHBU talabalari va aspirantlarining ishtirokini ta'minlash;
Inklyuziv ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va ta'minlash;
Ikki darajali dasturlarni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash;
O'zbekiston hududida joylashgan Evropa va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari bilan aloqalarni qo'llab-quvvatlash;
Delegatsiyalarning uchrashuvlarni tashkil etish va protokol hamrohlik bilan ta'minlash;
BO'LIM FUNKSIYALARI
SamDVMCHBU xalqaro hamkorligini tashkiliy, uslubiy va vakilli ravishda ta'minlash;
Hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash, SamDVMCHBU xalqaro aloqalarini uzoq muddatli rejalashtirish, aloqalarni umumuniversitet darajasida o'rnatish uchun sherik OTMlarni izlash va tanlash, ular bilan qo'shma tadbirlar rejalari va dasturlarini ishlab chiqarishida ishtirok etish, xalqaro almashinuvlarni amalga oshirish;
Xalqaro ta'lim va ilmiy loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish;
SamDVMCHBUning xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalari, tashkilotlari va fondlari bilan hamkorlik dasturini yaratish va ish dasturlarini amalga oshirish;
Xalqaro akademik aloqalar, almashinuv va harakatchilikni o'zaro muvofiqlashtirish va amalga oshirish, shu jumladan talabalar, aspirantlar va o'qituvchilar tarkibining akademik harakatchanligini ta'minlash maqsadida axborot-tahliliy baza yuritish hamda xalqaro hamkorlikni qo'llab-quvvatlash;
Xalqaro hamkorlik va akademik almashinuvni amalga oshirilayotgan SamDVMCHBU fakultetlari, kafedralari va bo'limlariga yordam berish va ishlarni muvofiqlashtirish, xalqaro konferentsiyalarni tashkil etish va chet el universitetlari, muassasalari, tashkilotlari bilan aloqalarni saqlash;
SamDVMCHBUga rasmiy, ishchi, norasmiy (xususiy) tashriflar bilan kelgan xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish, konferentsiyalar tayyorlash va o'tkazish bilan bog'liq protokol tadbirlarini amalga oshirish.