TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO’LIMI

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

Bo'limi boshlig'i

Kuldashov Bobomurod Xusanovich

Qabul vaqti: Dushanba Juma  15:00-17:00
Telefon: (99)-595-56-41
E-mail:kuldashovbobomurod@gmail.com
BIOGRAFIYA
Kuldashov Bobomurod Xusanovich 18.04.1988 yilda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani tug’ilgan.
Ma’lumoti: oliy, 2015 yil Samarqand qishloq xo’jaligi instituti (kunduzgi) 
Ilmiy darajasi: q.x.f.f.d (PhD)
Ilmiy unvoni: dosent
Ish staji: 6 yil;
Qaysi chet tillarini biladi:
Rus tili
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30  yilligi ko’krak nishoni
MEHNAT FAOLIYATI
2011-2015 yy. - Samarqand qishloq xoʻjalik instituti talabasi (bakalavr)
2015-2017 yy. - Samarqand qishloq xoʻjalik instituti talabasi (magistr)
2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xoʻjalik instituti Agronomiya fakulteti Oʻsimlikshunoslik kafedrasi assistenti.
2018-2019 yy. - Samarqand veterinariya medisinasi instituti Agronomiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari.
2019-2021 yy. - Samarqand veterinariya medisinasi instituti Iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari.
2019-2022  yy - Samarqand veterinariya medisinasi instituti, “Agrotexnologiya, ishlab-chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri.
2022-2023 yy - Samarqand veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatziyalshtirish va avtomatlashtirish” kafedrasi mudiri.
2023 y.x.v.- Samarqand veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi. 

Bo'lim vazifalari.

Samarqand Davlat veterinariya medisinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-sonli "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" gi qarori asosida tashkil etilgan.
•Bo‘lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Inspeksiya boshlig‘i va OTM rektori bo‘yruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etish;
•Bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;
•Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
•OTMda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
•OTM talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
•Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
•Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
•OTMni ichki attestasiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni OTM rektoriga hamda Inspeksiyaga taqdim etish;
•Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
•Ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
•OTMning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akdemik lisey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha OTM rahbariyatiga takliflar kiritish;
•OTM professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan faniga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;
• Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
• OTMda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
• Inspeksiyaning topshirig‘iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestasiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
• Attestasiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda OTMda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
• Bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va OTM hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
• OTM reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora- tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
• OTM tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va treninglar o‘tkazish;
• O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integrasion hamkorlik, innovasion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
• OTM Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;
• Bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida Inspeksiyaga va OTM rahbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
• Ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo’limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.
Malaka talablari:
• Oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga yoki ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati jihatidan) ega bo’lishi;
• Ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy me’yoriy, huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi;
• Ta’lim muassasalaridagi pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo‘lishi;
• OTMning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati xususiyatlarini bilishi;
• Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo‘llash va axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi;
• O‘quv, ilmiy–tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning mazmun – mohiyatini to‘liq tushunishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va ularga OO‘MTVning grifini olish tartibini bilishi;
• OTM professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi;
• O‘zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);
• Ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.