YEM-XASHAK YETISHTIRISHDAGI MUAMMOLAR, ULARNING YECHIMI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR
Anjumanning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasida yem-xashak yetishtirish muammolari va ularning yechimiga bag‘ishlangan ilmiy - tadqiqot ishlarini natijalari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi respublikada yem-xashak yetishtirishning hozirgi holati undagi mavjud muammolar, yechimi, istiqboldagi vazifalar bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar tahlil qilinadi va ishlab chiqarishga istiqboldagi vazifalari belgilab beriladi. Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, klasterlar va xususiy aholidagi chorva mollarini sifatli yem-xashak bilan ta’minlash imkoniyatlari, ozuqa yetishtirishni ko‘paytirishga imkon beradigan takomillashgan agrotexnologiyalar, yangi ozuqa ekinlarini navlari, duragaylarini yaratish ularning birlamchi urug‘chiligini tashlik qilish bo‘yicha fanning so‘ngi yutuqlari asosida tavsiyanoma ishlab chiqiladi va ular fermerlarga, agroklasterlarga, xususiy aholidagi chorva mollarini boqadigan xo‘jaliklarga tarqatiladi. Konferensiyada agronomiya, chorvachilik, veterinariya (dorivar va zaharli o‘simliklar), chorvachilik va yem-xashak yetishtirish iqtisodiyoti, buxgalteriyasi, chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi. Anjuman muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek, rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.
Anjuman an’anaviy (oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish - 2024-yil 10-martgacha;
Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;
Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 10 martgacha;
Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 14-15 mart.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy, Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi
Telefonlar: (+99890) 472-71-50; (+99894) 858-13-85
E-mail: 7257150@mail.ru
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI
Ishtirok etish tartibi:
Anjumanda ishtirok etish uchun 2024 yil 10 martgacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini 7257150@mail.ru elektron manzilga yoki +99890-472-71-50 raqamli telegramga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: A.Yuldashev - maqola-2, A.Yuldashev - anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.
Maqolalar OAK ro‘yxatiga kiritilgan “AGRO KIMYO HIMOYA VA O‘SIMLIKLAR KARANTINI” jurnalida maxsus soni sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 250 000 (Ikki yuz ellik ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartalari orqali amalga oshirish mumkin:
Uzcard 9860 0101 2510 6541 (Omonov Anvar).
Qabul qilingan maqola mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.
Anjuman natijalari to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam anjuman yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi. Anjuman har bir ishtirokchisiga Tashkiliy qo‘mita raisining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan elektron sertifikat beriladi.
ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan keyin berilmasligi kerak.
Ma’suliyat va javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.
Maqola hajmi - 5-8 bet bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i - 1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.
Maqolada ketma-ketlik tartibi:
1. UO‘K. http://teacode.com/online/udc/ veb saytidan topish mumkin.
2. Mualliflarning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida transliteratsiya asosida).
3. Ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
4. Muallifning elektron pochtasi.
5. Maqolaning sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
6. Annotatsiya (100-150 belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
7. Kalit so‘zlar (5-7 so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
8. Maqola matni.
9. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Maqola sarlavhasi, annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Annotatsiya. Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.
Kalit so‘zlar: maqoladagi eng muhim bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.
Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi kerak.
Adabiyotlar "Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008 ga muvofiq rasmiylashtiriladi. Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami to‘rtburchak qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].
“Yem-xashak yetishtirishdagi muammolar, ularning yechimi va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining asosiy sho‘balari va ularga biriktirilgan mas’ullar
№ |
Sho‘ba nomi |
Mas’ullar |
1-sho‘ba |
Ozuqa ekinlarini yetishtirishning resurstejamkor yangi texnologiyalari |
Sho‘ba raisi: Professor N.Xalilov Ilmiy kotiba: Z.K.Muminova |
2-sho‘ba |
Chorvachilikda ozuqalardan samarali foydalanish texnologiyalari |
Sho‘ba raisi: Dotsent B.Jambilov Ilmiy kotiba: A.Omonov |
3-sho‘ba |
Oziqa ekinlarini seleksiyasi va urug’chiligi |
Sho‘ba raisi: Professor I.T.Ergashev Ilmiy kotiba: X.K.Bekmuradova |
4-sho‘ba |
Ozuqa yetishtirishda dorivor ekinlar, zaharli va zararli o’simliklar, chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish |
Sho‘ba raisi: Dotsent O.Hosilbekov Ilmiy kotiba: M.Kubayeva |
5-sho‘ba |
Ozuqa yetishtirish, chorvachilikni mexanizatsiyalashtirishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’llari |
Sho‘ba raisi: Professor A.I.Alikulov Ilmiy kotiba: U.Eshmurodov |
ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI
14.03.2024 yil
|
1-muallif |
2-muallif |
3-muallif |
F.I.Sh. |
|
|
|
Ilmiy unvoni va ilmiy darajasi |
|
|
|
Ish joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi |
|
|
|
Telefon va elektron manzili |
|
|
|
Ma’ruza turi (sho‘ba yig‘ilishida) |
|
|
|
Sho‘ba yo‘nalishi |
|
|
|
Ma’ruza mavzusi |
|
|
|
Sana: |
|
|
|
Imzo: |
|
|
|
Murojaat uchun telefonlar:
+998 90 472 71 50 Ismoilov Voxid Isropilovich
+998 94 858 13 85 Omonov Anvar Jurakulovich