IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO'LIMI

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi

BO‘LIM BOSHLIG‘I

Tuyg‘unov Temurbek Ne’mat o‘g‘li


Qabul kunlari: Dushanbadan-Jumagacha.10:00 dan 17:00 ga qadar


Tel:+99893-726-87-21


E-mail:tuygunovtemurbek@mail.ru


ILMIY TADQIQOT ISHLARI 1-TOIFALI MUHANDISI

Mirov O'lmasjon Shermahmad o'g'li


Tel:+99897 588-51-98


E-mail:shoxzodd8@mail.ru


BO‘LIMNING MAQSADI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan va Universitetning tarkibiy tuzilmasiga kiradi. 
Bo‘limning maqsadi institutda ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarni aniqlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatlarga jalb etish, har bir talabani qamrab olgan xolda ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish har bir iqtidorli talabalarni turli tanlovlarda va ilmiy-tadqiqot faoliyatlar bilan shug‘illanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish ularning bu yo‘nalishda erishgan yutiqlarini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.

BO‘LIMNING VAZIFALARI

Iqtidorli talabalarning samarali ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Iqtidorli yoshlarning “XXI asr-Intellektual avlod asri” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida institutning ilm-fanga qobiliyati yuqori bo‘lgan talabalar ishtirokini ta’minlash;
Universitetning iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari ilmiy-tadqiqot muassasalari shu jumladan xorijiy mamalakatlarning ta’lim va ilmiy marazlari pedagoglari, olim va mutaxassislarini jalb etgan holda mahorat darslari o‘quv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish;
Iqtidorli talabalarning xorijiy mamlakatlarda va respublikamizda chop etiladigan nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalari bilan qatnashishlarini qo‘llab quvatlash va ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida universitet iqtidorli talabalarining munosib ishtirok etish choralarini ko‘rsatish;
Universitet bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan xoriy ta’lim va ilmiy muassasalarining iqtidorli talabalari o‘rtasida on-layn ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish;
Universitet har yili iqtidorli talabalarning ilmiy-amali konferensiyasini tashkil etish va bunda eng yaxshi ilmiy ish mualliflarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
Universitet iqtidorli talabalarning ilmiy-innovatsion ishlanmalar yaratish borasida faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
Har yili o‘tkaziladigan talabalarning respublika fan olimpiadasida universitet iqtidorli talabalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash;
Universitet filiallari va akademik litseyning iqtidorli talabalarini hamkorlikda turli tanlov va ilmiy-tadqiqot faoliyatlarga maqsadli jalb etish choralarini ko‘rish;
Bo‘limga qonunchilikga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.