Anjumanning
maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida
veterinariya meditsinasi sohasida veterinariya jarrohligi muammolari va
ularning yechimiga bag‘ishlangan ilmiy - tadqiqot ishlarini natijalari bo‘yicha
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi respublikada chorva mollarida
uchraydigan jarrohlik kasalliklari tarqalishining hozirgi holati undagi mavjud
muammolar, yechimi, istiqboldagi vazifalar bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot
ishlar tahlil qilinadi va ishlab chiqarishga istiqboldagi vazifalari belgilab
beriladi.
Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari,
klasterlar va xususiy aholidagi chorva mollarini yuqumsiz va jarrohlik kasalliklarini
ertachi diagnostikasi, davolash va oldini olishning zamonaviy usullarini qo‘llash
imkoniyatlari, hayvonlar mahsuldorligini oshirishga imkon beradigan
takomillashgan veterinariya xizmati, yangi, ertachi diagnostik va samarali
davolash usullari, fermer xo‘jaliklarda jarrohlik tadbirlarini samarali tashlik
qilish bo‘yicha fanning so‘ngi yutuqlari asosida tavsiyanoma ishlab chiqiladi
va ular fermerlarga, agroklasterlarga, xususiy aholidagi chorva mollarini
boqadigan xo‘jaliklarga tarqatiladi. Konferensiyada veterinariya meditsinasi,
veterinariya sanitariya ekpertizasi, veterinariya farmasevtikasi, chorvachilik,
biotexnologiya, tibbiyot, biologiya va zoologiya sohalari bo‘yicha maqolalar
qabul qilinadi.
Anjuman
muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek,
rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.
Anjuman an’anaviy
(oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 5-iyungacha;
Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;
Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 10-iyungacha;
Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 15-iyun.
TASHKILIY QO‘MITA
MANZILI:
Samarqand
davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
M.Ulug‘bek ko‘chasi,
77-uy, Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi
Telefonlar:
(+99893) 657-70-93; (+99890) 718-48-93,
E-mail: abbosjonjabborov009@gmail.com
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI
Ishtirok etish tartibi:
Anjumanda ishtirok
etish uchun 2024 yil 5-iyungacha
(shu kuni ham) talab bo‘yicha
rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini abbosjonjabborov009@gmail.com
elektron manzilga yoki +99893-657-70-93 raqamli telegram manziliga jo‘natishi
lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: A.Yuldashev - maqola-2, A.Yuldashev
- anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida,
maqolani qabul qilinganligi to‘g‘risida anjuman materiali yuborilgan elektron
pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab
darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar
QABUL QILINMAYDI.
Maqolalar OAK ro‘yxatiga
kiritilgan “VETERINARIYA MEDITSINASI” jurnalida maxsus soni
sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 70 000 (Yetmish ming) so‘m. Uzcard 8600 3329 8280 7533 (Baxriddinov Qahramon)
Qabul qilingan maqola mualliflari sho‘balar
bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z
ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi. To‘plam anjuman yakunlangandan
10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veb saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi. Anjuman har bir
ishtirokchisiga Tashkiliy qo‘mita raisining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan
elektron sertifikat beriladi.
ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga
tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z
ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan
keyin berilmasligi kerak.
Ma’suliyat va
javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy
qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun
javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.
Maqola hajmi – 3-5 bet
bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Rasmiylashtirishga
qo‘yiladigan talablar:
Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar (yuqorigi, pastki, chap va o‘ng
tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi - Times New Roman; Qator oralig‘i -
1,0; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn originalligi -65%.
Maqolada ketma-ketlik
tartibi:
1. UO‘K. http://teacode.com/online/udc/ veb saytidan topish
mumkin.
2. Mualliflarning
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida
transliteratsiya asosida).
3. Ilmiy darajasi va
unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
4. Muallifning
elektron pochtasi.
5. Maqolaning
sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
6. Annotatsiya (100
belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
7. Kalit so‘zlar (5-7
so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
8. Maqola matni.
9. Foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati.
Maqola sarlavhasi,
annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google
translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi tarjimonlardan foydalanishga ruxsat
etilmaydi.
Annotatsiya.
Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan
dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.
Kalit
so‘zlar: maqoladagi eng muhim
bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.
Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi
jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi
kerak.
Adabiyotlar
"Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008
ga muvofiq rasmiylashtiriladi. Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami
to‘rtburchak qavs
ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].
“Veterinariya
fanlari doktori, professor Davlatov N.Sh. tavalludining 75 yilligiga
bag‘ishlangan "Zamonaviy xirurgiyaning dolzarb muammolari, ularning
yechimlari va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining asosiy sho‘balari va ularga
biriktirilgan mas’ullar
№ |
Sho‘ba nomi |
Mas’ullar |
1-sho‘ba |
Veterinariya jarrohligining zamonaviy muammolari va ularni bartaraf
etish yo‘llari |
Sho‘ba raisi: Professor B.Narziyev Ilmiy kotib: S.Abdiyev, PhD |
2-sho‘ba |
Chorvachilik va biotexnologiyaning rivojlanishida veterinariya
meditsinasining o‘rni |
Sho‘ba raisi: Professor R.Tashtemirov Ilmiy kotiba: S.Haydarova, PhD |
ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI
15.06.2024 yil
|
1-muallif |
2-muallif |
3-muallif |
F.I.Sh. |
|
|
|
Ilmiy unvoni va ilmiy darajasi |
|
|
|
Ish joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi |
|
|
|
Telefon va elektron manzili |
|
|
|
Ma’ruza turi (sho‘ba yig‘ilishida) |
|
|
|
Sho‘ba yo‘nalishi |
|
|
|
Ma’ruza mavzusi |
|
|
|
Sana: |
|
|
|
Imzo: |
|
|
|
Murojaat
uchun telefonlar:
+998
93 657 70 93 Jabborov Abbos
+998 99 411 56 63 Zayniddinov Baxriddin