MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO’LIMI


Bo‘lim boshlig‘i

ZUBAYDULLAYEV ABDUXAMID ABDULAZIZOVICH 

Qabul vaqti: Harkuni (10:00 -16:00)
Telefon: +998995993206
Elektron pochta: abduhamidzubaydullayev@gmail.com

Biografiya


        Zubaydullayev Abduxamid Abdulazizovich 1961-yil  14-martda Samarqand viliyati Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilganman. Millatim – o’zbek. Ma’lumotim – oliy. 1986-yilda Samamarqand QXIning Iqtisodiyot fakultetini tugatganman. Oilaliman, rafiqam Zubaydullayeva Muxabbat Ergashevna 1967 yilda tug’ilgan,  Ma’lumoti oliy,  nafaqada. To’rt nafar farzandim bor. Men dastlabki mehnat faoliyatimni 1978-yil  Kattaqo’g’on shahrida, qurilish tashkilotida ishchi bo’lib ishlaganman, 1979-1981 yillarda xarbiy xizmatda bo’lganman. 1981-1986 yillarda Samarqand QXI talabasi, 1986 yildan 2021 yillar davomida Samarqand Davlat veterenariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar  univarsitetsi assistant va katta o’qituvchi, shuningdek, bir qancha rahbarlik  lavozomlarida ishlaganman.  2021-yildan nafaqaga chiqqanman va shu yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida Tyuter lavozomida  ishlaganman, hozirgi kunda Samarqand Davlat veterenariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Marketing va talabalar amaliyoti bo’imi boshlig’i lavozomida ishlab kelmoqdaman.

“Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig’ining lavozim vazifalari


• Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
• Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
• Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
• O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, hamda tegishli mutasaddi tashkilotlarning shuningdek, rektor buyruqlarining bo‘limda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
• O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
• O’quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
• Bo‘limga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, bo‘lim iqtisodchisi, inspektorlari va muxandis ishlarini tashkil qiladi, xamda bo‘lim  nizomiga muvofiq bo‘limga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
• Institutning davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida bitiruvchi “Bakalavriat va magistratura” talabalarini qoidaga muvofiq va o‘z vaqtida ish joylariga taqsimlash maqsadida, bitiruvchilarning taqsimotini o‘tkazish. Taqsimotga tashkilot boshliqlari va o‘rinbosarlari taklif etilishini ta’minlash;
• Bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyani tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki aniqlash) ishlab chiqish  va yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish xamda umumlashtirish;
• Bitiruvchilar uchun ishga taqsimlanayotgan korxona, tashkilot va muassasalardan ulardagi mavjud shart-sharoitlar va oylik ish haqidagi ma’lumotlarni olish;
• Taqsimot kommisiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan  tushgan arizalarni ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan xollarda qayta taqsimlash yoki mustaqil ishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasi komissiyasiga murojat qilish;
• Har o‘quv yilining boshida, ya’ni sentyabr oyida, oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat va magistratura bo‘yicha davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qishni tamomlagandan so‘ng ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda kamida uch yil ishlab berish to‘g’risida shartnoma tuzish; 
• Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g’risidagi Nizomga 3-ilova qilib ishga yuborilganlik to‘g’risidagi yo‘llanma bo‘laglarini 10 kun kelishuv muddatida Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limiga qaytib topshirishini nazorat qilish;
• Har yili sentyabr oyidan boshlab, institutning bakalavriati va magistraturasini davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida bitiruvchilarning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha ishga joylashishi to‘g’risidagi ma’lumotlarni tayyorlash;
• Ishga joylashish monitoringining natijalari taxlili asosida ishga joylashmagan bitiruvchilar ro‘yxatini aniqlash va mahalliy hokimiyatlar, bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda har bir bitiruvchi kesimida ularni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• Shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalarning hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
• Samarqand viloyat va shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi va ish beruvchi tashkilotlar bilan xamkorlikda bitiruvchilarni ishga joylashtirish yarmarkasini o‘tkazish, viloyat televideniyasi orqali yoritib borish va institut veb-saytiga kiritib borish;
• Ish joyida sanitariya va gigiyenik qoidalariga hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish;
• Institut bitiruvchilarining ishga joylashishi to‘g’risidagi statistik hisobotni tayyorlash va tegishli joyga topshirish.
Bilishi kerak:
Bo‘lim faoliyatiga tegishli bo‘lgan qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTM rektori buyruqlarining mohiyatini, ijrosini va kasbiy tushunchalarni va boshqalarni.
 
Malaka talablari:
•Oliy ta’lim muassasasida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatiga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
•Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
•Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
•Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:

T/r

Lavozim nomi

MMSK bo‘yicha kod

Xodimlar toifasi

Ma’lumotning eng past darajasi

O’MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi

1925

Bo‘lim boshlig’i

1239

B

Oliy ma’lumot

Bilimlarning qo‘llanish sohasiga ko‘ra