HARAJATLAR SMETASI IJROSI

HARAJATLAR SMETASI IJROSI

2024-yil uchun tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi, uning ijrosi, shu jumladan obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlari, avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to‘g‘risida
                                            MА’LUMOT

Universitetning 2024 moliyaviy yil uchun byudjet mablag‘lari yillik xarajatlar smetasi 43 739 117,0 ming so‘m, shu jumladan ish haqi fondi uchun 15 980 825,0 ming so‘m miqdorda tuzildi va tasdiqlandi. Xarajatlar smetasi  budjet mablagʼlarini taqsimlovchisi tomonidan №270230 raqam bilan ro‘yxatga olindi va doimiy moliyalashtirilib borilmoqda. 
Universitet faoliyati uchun zarur mablag‘lar tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq oyma-oy, belgilangan miqdorlarda va o‘z maqsadlarida xarajat qilinib borilmoqda. 
Universitetning 2024-yil uchun byudjet mablag‘lari  yillik xarajatlar smetasida obʼektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini bajarish hamda avtotransport vositalarini sotib olish uchun xarajatlar koʼzda tutilmagan.
 Universitet xo‘jalik faoliyatida avtotransport vositalarini saqlab turish uchun 2024-yil yanvar-may oylari davomida jami 9000,0 ming so‘m ajratilgan.

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari 2024-moliyaviy yil uchun yillik xarajatlar smetasi 50 404 100,0 ming so‘m, shu jumladan ish haqi fondi uchun 31 773 355,0 ming so‘m miqdorda tuzildi va tasdiqlandi. Xarajatlar smetasi budjet mablag‘larini taqsimlovchisi tomonidan №287313 raqam bilan ro‘yxatga olindi. 
2024-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan holda joriy holatda jami xarajat 50 404 100,0 ming so‘mni, shu jumladan ish haqi fondi 31 724 916,0 ming so‘mni tashkil qilmoqda. 
Universitet faoliyati uchun zarur mablag‘lar tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq oyma-oy, belgilangan miqdorlarda va o‘z maqsadlarida xarajat qilinib borilmoqda. 
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 2024-yil uchun yillik xarajatlar smetasida saqlab turish va joriy taʼmirlash uchun 180 000,0 ming so‘m, asosiy vositalarni sotib olish uchun 350 000,0 ming so‘m, avtotransport vositalarini saqlab turish uchun 116 000,0 ming so‘m mablagʼlar ajratilgan.
 Universitet xo‘jalik faoliyatida 2024-yil yanvar-may oylari davomida asosiy vositalarni sotib olish uchun 35 525,0 ming so‘m mablag‘lar sarflandi, avtotransport vositalarini saqlab turish va kapital taʼmirlash ishlari uchun xarajatlar amalga oshirilmadi.

LTR RTL