WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

“VETERINARIYA FIZIOLOGIYASI, BIOKIMYOSI, PATOFIZIOLOGIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI


Qadrli hamkasblar!

2023-yil 20- dekabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasida Veterinariya fiziologiyasi, biokimyosi, patofiziologiyasining dolzarb muammolari va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiyada veterinariya sohasining  rivojlanishida hayvonlar fiziologiyasi,  biokimyosi va patofiziologiyasi fanlarining dolzarb muammolari va asosiy masalalari muhokama qilinadi.

Anjumanning ishchi tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.

Anjuman materiallarini tayyorlashga talablar: Materiallar 3-4 bet hajmdan kam boʻlmagan A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi.

Anjuman materiallari quyidagicha rasmiylashtiriladi:

UDK. (yuqori chap tomonda)

Mavzu bosh harflarda

Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda)

Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi

Annotatsiya (резюме) - maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 soʻz hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi).

Kalit soʻzlar (6-10 soʻz).

Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat boʻladi:

Kirish(введение),

Material va metodlar (материалы и методы),

Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения),

Xulosalar (выводы),

Foydalanilgan adabiyotlar

(использованная литература).

Maqolaning mazmunini ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishini, maqolalarda keltiriladigan havolalar Scopus, Web of Science, Springer va shu kabi axborot bazalariga kiritilgan jurnallardan olinganligiga e’tibor qaratilishi lozim.

Materiallar 2023-yil 15-dekabrgacha tashkiliy qoʻmita (https://conf.ssuv.uz)ga taqdim etiladi.

Google Scholarda indekslanadi.

Ekspertizadan oʻtmagan, koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Ilmiy ishning mazmuni va sifatiga muallif mas’ul.

Konferensiya raisi: “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi  va patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri,b.f.n., dotsent D.Eshimov.

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun manzil: Samarqand shahar, M.Ulugʻbek koʻchasi 77-uy, SamDVMCHBU 2-bino, 2-qavat, 243-xona.

Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi  va patologik fiziologiya kafedrasi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

1. Eshimov Dusmurat

2. Ro’ziqulov Raxmatullo Fayzulloyevich

3. Fayzullayev Ikrom Alisherovich

Murojaat uchun telefonlar:

+998(97)-921-80-87;

+998 (93)-723-13-00;

+998(99)-776-15-95

https://www.youtube.com/watch?v=flHEp4BGeLM