BOSH AUDITOR

BOSH AUDITOR

ROZIQOV MA’RUFJON ABDUMALLAYEVICH

Qabul vaqti: har kuni (10:00 dan 13:00)


Telefon: +99891-559-69-49


Elektron pochta:rozikov@mail.ru


Bosh auditor quyidagi huquqlarga ega:


Oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan bog’liq buyruq va qaror loyihalari bilan tanishib chiqish;
Oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan bog’liq nazorat, monitoring va profilaktika tadbirdarini mustaqil, xolisona, ishonchli va samarali tashkil etish maqsadida, oliy ta’lim muassasasi bo’linmalaridagi (buxgalteriya, marketing, kadrlar bo’limi va boshqa o’quv-uslubiy va ilmiy bo’limlar) dasturiy ta’minotlar bazasidan ma’lumot olish;
Doimiy monitoring va profilaktika ishlarini olib borish maqsadida (UzASBO) dasturiy ta’minotlar bazasidan foydalanish uchun o’zining shaxsiy login va paroliga ega bo’lish;
O’z huquq va majburiyatlarini bajarishi jarayonida oliy ta’lim muassasasi faoliyatidagi tarkibiy tuzilmalar yoki alohida xodimlar masalasi bo’yicha aniqlangan kamchiliklar to’g’risida o’z vakolatlari doirasida oliy ta’lim muassasasi rahbariga xabar berish va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar kiritish;
Nazorat va monitoring o’tkazish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va xujjatlarni bo’linmalar xodimlaridan shaxsan yoki raxbar ko’rsatmasi bilan so’rab olish;
O’ziga yuklatilgan vazifalarni hal etish uchun OTM dagi tuzilmaviy bo’linmalardan mutaxassislarni jalb etish;
O’zining majburiyatlari va huquqlarini bajarishida OTM raxbariyatining ko’maklashuvini talab etish;
Lavozim vakolati doirasida huquq va majburiyatlarini bajarishi jarayonida oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar aniqlangan holatlarda yuqori tashkilot rahbariyatiga yozma axborot berish.

Quyidagilar bosh auditorning asosiy majburiyatlari hisoblanadi:


Oliy ta’lim muassasasining byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha shtatlar jadvali, daromadlar va xarajatlar smetalarini amaldagi me’yoriy xujjatlarga mos ravishda shakllantirilishida bevosita qatnashish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
Mehnatga xaq to’lash jamg’armasini to’g’ri sarflanishi, mansab maoshlarining to’g’ri belgilanishi, smeta-shtat, kassa va to’lov intizomiga rioya etilishi, ish xaqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, stipendiya, xizmat safari to’lovlarining to’g’ri hisoblanishi va to’lanishini xamda mablag’lardan maqsadli foydalanilishini birlamchi xujjatlar va UzASBO dasturiy ta’minoti orqali doimiy monitoring qilish;
Oliy ta’lim muassasasi ehtiyoji uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan, tovar (ish, xizmat)larni xarid qilinishi, tender (tanlov) savdolari o’tkazilishini O’zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to’g’risida” gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshirilishini monitoring qilish va imzolangan shartnomalar bo’yicha shartlarning bajarilishini nazorat qilish;
Yuzaga kelgan debitor va kreditor qarzdorliklarning asosligini o’rganish va bartaraf etish chorasini ko’rish;
Oliy ta’lim muassasasida mavjud tovar-moddiy qiymatliklar, naqd pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar hamda boshqa moddiy va nomoddiy aktivlar inventarizatsiyasini o’tkazish jarayonlarida faol qatnashish, shuningdek, ularni amaldagi me’yoriy xujjatlarga mos ravishda tashkil etilishini ta’minlash;
Tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag’larining inventarizatsiyasi natijasida yoki boshqa nazorat va monitoring tadbirlari natijasida aniqlangan kamomadlar va ortiqchaliklarni o’rnatilgan tartibda kirim qilinshiini ta’minlash;
Kamomadlarga yo’l quyilishi, pul mablag’lari va tovar-moddiy kiymatliklarni talon-taroj qilinishi holatlarini tahlil qilish va ularni oldini olish bo’yicha profilaktika ishlarini olib borish;
OTMda asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo’l qo’ymaslik, byudjet, smeta-shtat intizomini mustahkamlash, byudjet mablag’laridan foydalanish, tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish samaradorligini oshirish masalalari bo’yicha, shuningdek aniqlangan qonun buzilishi holatlarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to’g’risida oliy ta’lim muassasasi rahbariga (yozma) tavsiyalar beradi.