KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI


BO'LIM BOSHLIG'I

To'rayev Furqat


Tel: +99891-5921111.


Email: turayev.furqat@bk.ru


Manzil: Samarqand, M.Ulug'bek ko'chasi 77


Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga,Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish  qo'mitasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligi buyruqlariga va Xayʼati qarorlariga, mazkur Nizom, universitetning ichki buyruqlari, shuningdek boshqa qonun xujjatlariga amal qiladi.

Boʻlimning faoliyati universitetda “Komplayens nazorat tizimini boshqarish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo'naltirilgan boʻlib, oʻz vakolatlari doirasida bevosita universitet rektoriga bo'ysunadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat kumitasi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi o'rinlarda - vazirlik)ning Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimiga hisobot beradi.
 
Boʻlimning asosiy vazifalari xisoblanadi:
  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
  • oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash;
  • universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan yo'nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
  • universitetda korrupsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflarni kiritgan xolda axborot berib borish;
  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini taʼminlash;
  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo'naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish. Shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
  • universitetning professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining xatti-xarakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni koʻrib chiqadi hamda oʻrnatilgan tartibda choralar koʻradi;
  • universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reestrini yuritib boradi;
  • davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
  • vakolati doirasida tekshiruvlar oʻtkazish, xujjatlarni talab qilish, universitetning professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar)dan yozma tushuntirishlar olish, jinoyat alomatlari aniqlangan xollarda tegishli huquqni muxofaza kiluvchi organlarga xabar berish;

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMINING ICHKI IDORAVIY HUJJATLARI BATAFSIL TANISHISH