employe image

Achilov Odiljon Elmuradovich

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya
  • Veterinariya sanitariya ekspertizasi

Shaxsiy ma’lumotlar

Odiljon Achilov 2012-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2022-yilda 16.00.04 – “Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinary-sanitariya ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, oxirgi 5 yilda Ispaniya, Italiya, Estoniya, Portugaliya, Ruminiya, AQSH va Turkiya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida bilim va tajribalarini oshirgan.

2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” va 2023-yilda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” estalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Lavozim vazifalari

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish;
  • Oliy taʼlim Davlat taʼlim standartlari asosida  universitet xalqaro aloqalar jarayonini tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
  • Oliy taʼlim Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʻlimlar, kafedra mudirlari va pedagog kadrlarning toʻliq bilishini taʼminlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini va topshiriqlarini, Hayʼati qarorlarini, xalqaro aloqalar jarayonlariga oid masalalar boʻyicha universitetning kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Ilgʻor xorijiy mamlakatlar taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
  • Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektorning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Xorijiy mamlakatlar ta’lim vazirliklari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalar vakillari, chet el oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari bilan uchrashuvlarni tashkil qilish;
  • Oliy taʼlim muassasalari bilan maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun xalqaro loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish;
  • Xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va anjumanlarni tashkil etish, xalqaro ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilgʻor uslubiy tajribalarni umumlashtirish va natijalarini tatbiq etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Ijro intizomini buzgan mahalliy va xorijiy xodimlar hamda taʼlim oluvchilarga nisbatan intizomiy chora koʻrish, xodimlar bilan shartnomani bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • Taʼlim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni taʼminlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • Universitetda magistratura, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishni taʼminlash hamda universitet xorijiy xodimlarining oʻz vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga koʻmaklashish;
  • Xorijiy iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish;
  • Xalqaro boʻlim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni oʻtkazish monitoringni olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish, taqdim etish;
  • Universitetda xorijiy aloqalar faoliyatini rivojlantirish uchun zarur moddiy-texnika bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

Mehnat faoliyati

  • 2008-2012 yy. – Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti talabasi (bakalavr)
  • 2012-2014 yy. - Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti magistranti
  • 2014-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, “Hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari” kafedrasi assistenti
  • 2018-2019 yy. – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, “Farmakologiya, toksikologiya va veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyena” kafedrasi assistenti hamda jamoatchilik asosida veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2020-2022 yy. – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tayanch doktoranti va jamoatchilik asosida veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2022-2023 yy. – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
  • 2023-2024 yy. – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor  
  • 2024 – yil sentyabr oyidan hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor