REJA VA MOLIYA BO'LIMI
- Asosiy
- REJA VA MOLIYA BO'LIMI
Reja-moliya bo'limi boshlig'i
Ishpulatov Hamid Xolmuratovich
REJA-MOLIYA BO’LIMI BOSHLIG’INING
LAVOZIM VAZIFALARI
Bo’limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
Bo’limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
Bo’lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo’lgan bo’g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirliklarining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xatlar, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlar bilan birgalikda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
Yangi moliyaviy yil uchun xarajatlar smetalari loyihalarini tuzish;
Ish haqi, stipendiya va boshqa ish haqiga tenglashtirilgan to’lovlarni tahlil qilib borish;
Xarajatlar smetalarida ko’zda tutilgan 4-guruh boshqa xarajatlar bo’yicha to’lovlarning amalga oshirilishi va maqsadliligini tahlil qilib borish;
Moddiy rag’batlantirish fondi mablag’larini taqsimlanishi buyicha loyihalar ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish;
Rektorning buyruqlari, Kengashi qarorlarini o’z muddatlarida bajarish;
Bilishi kerak:
Bo’lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirliklarning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, universitet rektori buyruqlarining mohiyatini;
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo’lishi, ma’suliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishini ta’minlash xususiyatlariga;
Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
Bo’lim yo’nalishi bo’yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur.