UNIVERSITET KENGASHI

    Universitet kengashi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 3 dekabrdagn 487-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtining Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 181-son qarori 2-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28-fevraldagi 181-son qarori ijrosi to‘g‘risida”gi 214-son va 2019-yil 1-apreldagi “Vazirlikning ayrim buyruqlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 296-son buyruqlariga muvofiq kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq tayyorlangan nizom asosida tashkil etiladi. 
    Kengash tarkibiga universitet rektori, prorektorlar, kengash ilmiy kotibi, fakultetlar dekanlari, universitet tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar rahbarlari, mutaxassis chiqaruvchi ayrim kafedralar mudirlari, harbiy kafedra boshlig‘i, universitetning ayrim bo‘lim boshliqlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, universitet huuzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazi boshlig‘i, universitet qoshidagi akademik litsey direktori va universitet katta yuriskonsulti o‘z xizmat lavozimlari bo‘yicha kiritiladi. Bundan tashqari, kengashning boshqa a’zolari fakultetlarning umumiy majlislarida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Universitet kengashining vakolat muddati 5 yil. Kengashning maqsadi universitet jamoasining intellektual salohiyati, ilmiy, pedagogik va boshqa imkoniyatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini rivojlantirish haqidagi      Qarorlari, farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va ko‘rsatmalarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat. Kengash majlislari reja asosida o‘tkaziladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar kengash raisi va kengash ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi. Kengash qarorlari universitet rektori tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.