Kafedra 1929 yil Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tarkibida tashkil topgan. Kafedra o‘zining rivojlanish bosqichlarida, ya’ni 1989-2004 yillar “Xirurgiya va farmakologiya”, 2004-2017 yillar “Hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya”, 2017-2018 yillar “Veterinariya jarrohligi, farmakologiyasi va toksikologiyasi”, 2018-2019 yillarda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tarkibida “Farmakologiya, toksikologiya, veterinariya sanitariya ekpertizasi va gigiena”, 2020-2021 yillarda “Farmakologiya va toksikologiya” kafedrasi va 2022 yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tarkibida “Farmakologiya va toksikologiya” kafedrasi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda kafedraga veterinariya fanlari doktori, professor Y.Salimov mudirlik qilib kelmoqda. Kafedra tarkibida Veterinariya fanlari falsafa doktorlari (PhD) T.T.Xatamov , O.E.Nematullayev, A.T.Ibragimov va assistentlar M.A.Sharapov, L.N.Xalilov, A.Z.Soyibov, N.J.Xo‘jayeva, laboratoriya mudiri K.S.Buranova hamda laborant O.R.Yarkulova, N.X.Yaxshiyevalar faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari AQShning Minnesota universiteti bilan hamkorlikda 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan “Twinning program” xalqaro loyihasida ishtirok etishdi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari bir qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishgan, vebinar-uchrashuvlar o‘tkazgan va oflayn va onlayn ma’ruzalar o‘qishgan.
Farmakologiya va toksikologiya kafedrasi assistenti. .
Farmakologiya va toksikologiya kafedrasi assistenti,(Phd) .
Farmakologiya va toksikologiya kafedrasi assistenti, .