Bugun korrupsiya degan so‘z iste’molda juda ko‘p ishlatiladi. Halq tilida u “poraho‘rlik” deyiladi va jamiyatda u keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlar juda og‘riqlidir. Bu illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, demak jamiyatda ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Bugun Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi oliy va o‘rta - maxsus ta’lim muassasalarida 2023 – 24 o‘quv yili uchun abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish jarayonlarida korrupsion holatlarning oldini olish va byurokratik to‘siqlarga barham berish mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita Yuridik ta’minlash bo‘limi bosh mutaxassisi K.Kariyev va 1 - bo‘lim bosh mutaxassisi A.Qambarov, sohalar prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, Qabul komissiyasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleks nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari ishtirok etishdi.
Tadbirni universitet rektori, professor Yunusov ochib berdi. Davlat xizmatchisi, xokimiyat vakili yoki mansabdor shaxs o‘z vakolatini suiiste’mol qilishi oqibatida kelib chiqadigan bu holatlar, avvalo fuqarolarning jamiyatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi.
Ma’ruzachilar tomonidan bu illatning oldini olishda, avvalo aholining huquqiy savodxonligini, xabardorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi haqida aytildi. Jumladan, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitusiyada, shuningdek, qonunosti me’yoriy hujjatlarimizda korrupsiyani oldini olish, unga jazo tayinlash va hokazo holatlar xususida batafsil ma’lumotlar berilganligi va har bir fuqaro buni albatta bilishi, hayoti davomida unga amal qilinishi lozimligi xususida fikr – mulohazalar bayon etildi.
Tadbir davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Norqobilovning videomurojaati namoyish etildi. Har qanday korrupsion vaziyat yuz berganda, Ishonch telefonlari orqali qo‘mitaga murojaat qilinishi lozimligi aytildi.
Samarqand shahar prokurori yordamchisi O.Hamroyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210 – moddasi bo‘yicha sodir etilgan jinoyatlar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishiga sabab bo‘lishi xususida ma’lumot berdi.
Shuningdek, ishtirokchilar e’tiboriga poraho‘rlik va boshqa illatlar aks etgan videorolik ham namoyish etildi.
Universitetda qabul jarayonlari ochiq, shaffof holda va talablar darajasida o‘tishi ta’minlanadi, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu haqida universitet rektori, professor Yunusov ma’lum qildi.
G.Berdiyorova
Axborot xizmati
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17