Joriy yilning noyabr oyida ilmiy tadqiqotchilardan quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihon olish rejalashtirilgan. Hujjatlar 2023-yilning 15-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
1. “03.00.06-Zoologiya (veterinariya fanlari)”
2. “16.00.01-Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi”
3. “16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi”
4. “16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi”
5. “16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinary-sanitariya ekspertizasi”
Murojaat uchun telefon: E’lon boʻyicha savollar paydo boʻlganda soat 09:00 dan 17:00 gacha vaqt oraligʻida ushbu +998 99 591 19 38 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
BOSHQA OTM YOKI ITM LARDAN HUJJAT TOPSHIRUVCHI TALABGORLAR UCHUN TALAB ETILGAN HUJJATLAR:
1. Yoʻllanma xat.
2. Ariza. Ariza qoʻlda yozilishi kerak.
3. Mavzuning OAK Byulletenida e’lon qilingan nusxasi (OAK Byulletenida e’lon qilinmagan boʻlsa OTM yoki ITM kengashidan koʻchirma).
4. Tayanch doktorantura (PhD) yoki mustaqil izlanuvchi ekanligi va tahsil olayotgan bosqichi haqida OTM yoki ITMdan ma’lumotnoma (Ilmiy boʻlimdan).
5. Pasport nusxasi
6. Malakaviy imtihon topshiruvchi haqida elektron shaklda ma’lumot Word shaklda.
7. Ilmiy ishlar roʻyxati 3.4-shakl. Izmolangan va tasdiqlangan holatda.
8.Chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (agar mavjud boʻlsa)
Hujjatlar yigʻma jildda umumlashtirilib, (muqovasida OTM nomi, talabgorning lavozimi, F.I.Sh., elektron pochtasi, telefon raqami koʻrsatilgan holda) universitetning ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kardlar tayyorlash boʻlimiga topshirilishi kerak.