Qoramollarni sun’iy urug‘lantirish: tajriba va samara

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashabbusi bilan Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 9-iyun kuni soat 10:30 da "Qoramollarni sun’iy urug‘lantirish: tajriba va samara" mazusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, “O‘znaslchilik” davlat korxonasi, boshqarmalari mutasaddi vakillari, osemenatorlar, fermer xo‘jaliklari rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Mutaxassislar ma’lumotida keltirilishicha, mamlakatimizda o‘tgan asrning 50 yillari oxirida kirib kelgan va “O‘znaslchilik” davlat korxonasi tashkil etilgan. Korxona direktori, Olimjon Mamatqulovning so‘zlariga ko‘ra, ayni kunda korxonada Simmental, Golshteyn, Shvis, Angler, Angus, Bushuyev kabi zotlarga mansub nasldor buqalar parvarish qilinmoqda. Mazkur muassasa nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo respublikalarida yagona hisoblanarkan.

Bugun “O‘znaslchilik” davlat korxonasi dunyoning shu sohaga ixtisoslashgan mashhur kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. Kompaniya naslli buqalardan olingan urug‘(sperma)laryordamida sun’iy urug‘lantirish texnologiyasini hayotga tatbiq etishda davom etmoqda. Korxona xodimlari muntazam xorij davlatlariga xizmat safarlariga yuborilib, sun’iy urug‘lantirish texnologiyasidagi yangiliklar, asbob-uskunalardan foydalanish mahoratlarini oshirib kelmoqda.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan qoramollar naslini yanada yaxshilash, chorvachilikda yuqori mahsuldorlikka erishish va hayvonlar kasalliklarining oldini olishda sun’iy urug‘lantirishning ahamiyati xususida fikr – mulohazalar, so‘nggi tajribalar va ularning natijalari xususida muloqot qildilar. Mutaxassislar tomonidan anjuman davomida chorva hayvonlarini sun’iy urug‘lantirishning afzal jihatlariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

Axborot xizmati

LTR RTL