Mamlakatimiz Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni yoshlarga yetkazish maqsadida Samarqand veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Referendum – 2023. Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamzayev va boshqalar kun tartibidagi dolzarb masala yuzasidan ma’ruza qildi.
So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 51-moddasiga atroflicha to‘xtalib, “Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli” deya kiritilishi ham Yangi O‘zbekistonning gullab yashnashiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan mutaxassislarni kamol toptirishga xizmat qilishligini, talaba yoshlar nafaqat o‘zlari Konstitusiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini jiddiy o‘rganayotgani, balki o‘z tengdoshlarini ham 30 aprel kuni bo‘ladigan referendumga faol ishtirok etishga chorlayotganini ta’kidlashdi.
Axborot xizmati
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17