Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) ma’lumotiga ko‘ra, 2023-o‘quv yilida mazkur davlat universitetlarining magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilingan. Mazkur loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), hamda Koreya Respublikasining davlat universitetlari hamkorligida amalga oshirilmoqda. Koreya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim, hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar.
Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumot bilan universitet Xalqaro hamkorlik bo‘limida tanishish mumkin.
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17