Joriy yilning noyabr oyida ilmiy tadqiqotchilardan malakaviy imtihon olish rejalashtirilgan. Hujjatlar 2022-yilning 31-oktabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: E’lon boʻyicha savollar paydo boʻlganda soat 09:00 dan 17:00 gacha vaqt oraligʻida ushbu +998-93-722-49-08 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
BOSHQA OTM TOPSHIRUVCHILARI UCHUN TALAB ETILGAN HUJJATLAR:
1. Yoʻllanma xat.
2. Ariza. Ariza qoʻlda yozilishi kerak.
3.Mavzuning OAK Byulletenida e’lon qilingan nusxasi (OAK Byulletenida e’lon qilinmagan boʻlsa OTM yoki ITI kengashidan koʻchirma).
4. Tayanch doktorantura (PhD) yoki mustaqil izlanuvchi ekanligi va tahsil olayotgan bosqichi haqida OTM yoki ITMdan ma’lumotnoma (Ilmiy boʻlimdan).
5. Pasport nusxasi
6. Malakaviy imtihon topshiruvchi haqida elektron shaklda ma’lumot Word shaklda.
7. Ilmiy ishlar roʻyxati 3.4-shakl. Izmolangan va tasdiqlangan holatda.
8.Chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (agar mavjud boʻlsa)
Hujjatlar yigʻma jildda umumlashtirilib, (muqovasida OTM nomi, talabgorning lavozimi, F.I.Sh., elektron pochtasi, telefon raqami koʻrsatilgan holda) universitetning ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kardlar tayyorlash boʻlimiga topshirilishi kerak.
Ixtisoslik boʻyicha malakaviy imtihon topshiruvchilar uchun ariza namunasi
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17