Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Xorijiy tillar” kafedrasi uzoq yilardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan kafedralardan biri hisoblanib, bugungi kunda kafedrada 3 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada yangi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan 3 ta kompyuter o‘quv xonalari mavjud.
Hamkorlik shartnomalari asosida Top-1000 talikka kirgan xorijiy Oliy ta’lim muassasasi Qozog‘iston Respublikasining Qozog‘iston Agrar Universitetining Xorijiy tillar kafedrasi bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan. Shu asosida talabalarga hozirgi zamon pedagogik texnologiyalarini qo‘llab ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Kafedrada “PERFECT” xorijiy til kursi tashkil etilgan bo‘lib, bakalavr va magistrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.