Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Axtamova Yodgora Ashrafovna 2014-yilda Samarqand davlat chet tillari institutining “Ingliz tili filologiyasi” fakultetini tugatib bakalavr darajasini olgan va magistraturada ingliz tili yoʻnalishi boʻyicha tahsilni davom ettirgan. 2016-yili Samarqand davlat chet tillar institutining magistraturasini tugatib, “Lingvistika (ingliz tili)” magistr diplomini olgan.
2023-yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Yodgora Axtamova 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi “ Inxoativlik funksional semantik maydoni hamda kognitiv maqomi (o’zbek va ingliz tillar misolida)” mavzusida mustaqil tadqiqotchilik asosida ish olib bormoqda. U oʻzining ilmiy tadqiqot mavzusi ustida ish olib borish jarayonida 10 dan ziyod xalqaro va respublikada ilmiy maqolalar chop ettirdi. Undan tashqari koʻplab ilmiy tadqiqot muassasalarida tashkil etilgan bir necha konferensiyalarda oʻzining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy saloha to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.
Lavozim vazifalari
• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
• Davlat ta’lim standartlari asosida kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
• Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy jarayonlarga oid masalalar bo‘yicha universitet ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
• Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
• O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
• Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
• Kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy tadqiqotchilik jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy jamoalar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
• Kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
• O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, universitet ilmiy-texnik kengashi ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or ilmiy va uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
• Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini universitet xodimlari t omonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
• Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqot ishlariga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlar va ilmiy laboratoriyalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
• Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
• Kafedra professor-o’qituvchilariningning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
• Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy, uslubiy va manaviy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
• O‘rnatilgan tartibda kafedraning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish.
Mehnat faoliyati
2010-2014 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
2014-2016 yy. - Samarqand chet tillar instituti magistranti
2014-2015 yy. - Samarqand viloyati Pastdargom tumani 51 maktab o‘qituvchisi
2015-2017 yy. - Samarqand shahar iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi
2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘zbek va chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi
2018-2021 yy. - Samarqand veterinariya medisinasi instituti o‘zbek tili adabiyoti va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
2021-2022 yy. - Samarqand veterinariya medisinasi instituti xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
2024- h.v. - Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi