Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Saparova Guldasta 2008-yilda Samarqand davlat chet tillari institutining “Roman-German filologiyasi” fakultetini tugatib bakalavr darajasini olgan va magistraturada nemis tili yoʻnalishi boʻyicha tahsilni davom ettirgan. 2015-yili Samarqand davlat chet tillar institutining magistraturasini tugatib, “Lingvistika (nemis tili)” magistr diplomini olgan.
Hozirgi kunda "Xorijiy tillar" kafedrasida nemis tili o’qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Guldasta Saparova 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi “Nemis va o’zbek tillari paremiologik birliklarida milliy koloritning ifodalanishi (ular o’rtasidagi o’xshashliklar va farqlarning darajasi)” mavzusida mustaqil tadqiqotchilik asosida ish olib bormoqda. U oʻzining ilmiy tadqiqot mavzusi ustida ish olib borish jarayonida 10 dan ziyod xalqaro va respublikada ilmiy maqolalar chop ettirdi. Undan tashqari koʻplab ilmiy tadqiqot muassasalarida tashkil etilgan bir necha konferensiyalarda oʻzining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.
Lavozim vazifalari
• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
• Davlat ta’lim standartlari asosida kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
• Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy jarayonlarga oid masalalar bo‘yicha universitet ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
• Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
• O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
• Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
• Kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy tadqiqotchilik jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy jamoalar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
Mehnat faoliyati