WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Tursunova Manzura Umirzokovna

Xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Metodika
  • Ingliz tili filolog

Shaxsiy ma’lumotlar

Tursunova Manzura Umirzokovna 1999-yilda Samarqand davlat chet tillar institutini tamomlagan. 2023 yil Cambridge Linguaskill imtihonini topshirdi va C1 sertifikatiga ega bo’ldi hamda 2024 yil Cambridge Certificate in Advanced English imtihonini topshirdi va C1 sertifikatiga ega bo’ldi.

Mehnat faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va 1ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop ettirgan hamda vazirlik va universitet rahbariyati tomonidan ko’p yillik samarali mehnatlari uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

Hozirgi kunda "Xorijiy tillar" kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritish bilan birgalikda pedagogika sohasida Iqtisodiy atamalarning ingliz tilida qo’llanilishi mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Lavozim vazifalari

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

• Davlat ta’lim standartlari asosida kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

• Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy jarayonlarga oid masalalar bo‘yicha universitet ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

• Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

• O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

• Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

• Kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy tadqiqotchilik jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy jamoalar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

• Kafedraning ilmiy, uslubiy va manaviy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

• O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, universitet ilmiy-texnik kengashi ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or ilmiy va uslubiy tajribalarni umumlashtirish;

• Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini universitet xodimlari t omonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;

• Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqot ishlariga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlar va ilmiy laboratoriyalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish; 

• Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

• Kafedra professor-o’qituvchilariningning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

• Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy, uslubiy va manaviy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

• O‘rnatilgan tartibda kafedraning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish.

Mehnat faoliyati

•  1998-2004 yy. – Samarqand shahar 14-umumtaʼlim maktabi, ingliz tili oʼqituvchisi

•  2004-2005 yy. – “Baltimor-Chelak” qoʼshma korxonasi, kadrlar boʼlimi inspektori

•  2005-2018 yy. – Samarqand qishloq xoʼjalik instituti oʼqituvchisi

•  2018-2019 yy. – Samarqand Veterinariya Meditsinasi instituti “Oʼzbek tili, adabiyoti va xorijiy tillar kafedrasi” oʼqituvchisi

•  2019 - 2021yy. – Samarqand Veterinariya Meditsinasi instituti “Oʼzbek tili, adabiyoti va xorijiy tillar kafedrasi” katta oʼqituvchisi

•  2021-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Xorijiy tillar kafedrasi katta oʼqituvchisi

•  2022- h.v. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi katta oʼqituvchisi