WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Elmurodov Abdug'ani Aktamovich

O'quv ishlari bo'yicha prorektor

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari:

·        Agronomiya, O‘simlikshunoslik,

·        Biotexnologiya  

Shaxsiy ma’lumotlar:

Abdug‘ani Elmurodov 1991 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan, 1992-1994 yillar aspiranturada tahsil olgan. 1998 yilda 06.01.08- O‘simlikshunoslik   ixtisosligida qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, 2017 yilda qishloq xo‘jalik fanlari doktori ilmiy darajasini, 2022 yilda professor ilmiy unvonini olgan.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yillik vа 25 yillik ko‘krak nishonlari, 2023 yilda O‘zbekiston “Qishloq xo‘jalik fidoyisi”, “Oliy ta’lim a’lochisi“ esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 170 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma chop ettirgan, 4 ta mualliflik guvohnomasi, 1 ta patent, 2 ta monografiya, 8 ta tavsiyanoma muallifi.

Universitetda o‘quv jarayonini tashkil etishda huquqiy-me’yoriy hujjatlar ta’minoti, o‘quv jarayoniga axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish,  o‘qitishni kredit modul tizimini yuritish, o‘quv jarayonini raqamlashtirish borasida  ijobiy ishlar amalga oshirgan.

Lavozim vazifalari:

·     Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy va oʻrta maxsus ta’lim Vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Universitet Kengashi qarorlarini, universitet rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;

·     Universitet tuzilmasiga koʻra oʻquv ishlari boʻyicha prorektorga boʻysinuvchi boʻlimlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;

·     Davlat ta’lim standartlari asosida oʻquv-uslubiy ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;

·     Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʻlimlar, kafedra mudirlari va pedagog oʻqituvchilarning toʻliq bilishini ta’minlash;

·     Ilgʻor mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ta’lim tizimini rivojlantirishga oid Qaror va Farmonlarida koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

·     Oʻquv jarayonida oʻqitishning ilgʻor shakllarini, shu jumladan masofadan turib oʻqitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

·     Oʻquv jarayonini ta’minlaydigan boʻlimlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

·     Oʻquv jarayonini ta’minlaydigan boʻlimlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

·     Oʻtilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-oʻqituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

·     Oʻqitishning zamonaviy texnik vositalar asosida hamda chet tillarida oʻtilishini ta’minlash va nazorat qilish;

·     Axborot resurs markazini zamonaviy oʻquv adabiyotlari, majmualari, darsliklari hamda elektron darsliklar bilan ta’minlanishini amalga oshirish va nazorat qilish;

·     Oʻquv va ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, universitet uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilgʻor uslubiy tajribalarni umumlashtirish;

·     Talabalarning ishlab-chiqarish amaliyoti oʻtishini ta’minlash va uni nazorat qilish;

·     Oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar toʻplamlarini universitet pedagog xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini toʻldirib turish boʻyicha umumiy rahbarlikni olib borish;

·     Universitet fakultet, kafedra va boʻlimlarining oʻquv-uslubiy faoliyatlari yuzasidan Kengash yigʻilishlarida reja asosida hisobot berish;

·     Bakalavriyat talabalarning Davlat attestasiyalari va magistratura talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va oʻtkazilishini nazorat qilish;

·     Universitetni bitiruvchi mutaxassislarni ishga taqsimlash va yoʻnaltirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazilishini nazorat qilish;

·     Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha “Ishchi oʻquv reja”, “Ishchi oʻquv dasturi”, “Oʻquv dasturi” va “Dars jadvali”larini ishlab chiqilishini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;

·     Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlarini tayyorlashini nazorat qilish;

·     Universitet professor-oʻqituvchi va hodimlarining malakalarini oshirishlari boʻyicha malaka oshirish markazlari bilan shartnomalar tuzish, malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish, rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish markazlariga reja asosida yuborilishini nazorat qilish;

·     Talabalarga stipendiyalar tayinlanlash komissiyasi faoliyatini boshqarish va stipendiya tayinlashning qonuniyligini va xolisonaligini ta’minlash;

·     Talabalar bilimini baxolash reyting tizimini shaffofligini nazorat qilish;

·     Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga koʻmaklashish, talabalar  orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

·     Professor-oʻqituvchilar va oʻquv-yordamchi xodimlar shtatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, boʻlimlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;

·     Boʻsh lavozimlarga pedagolarni tanlov asosida ishga qabul qilish  va magistr darajasiga ega boʻlgan shaxslarni universtetda ishlash uchun olib qolish boʻyicha rektorga takliflar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar tarkibini yosh kadrlar bilan toʻldirish va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

·     Oʻquv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

·     Mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllash va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha rektorga takliflar kiritish;

·     Ta’lim sifatini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan takliflar tayyorlash;

·     Fakultet va kafedralar va boʻlimlarning yillik faoliyati boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-oʻqituvchilarning oʻquv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

·     Tayanch oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish universitetlari bilan oʻquv-uslubiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda ishlash;

·     Oʻrnatilgan tartibda universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

·     Universitetni oʻrnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan oʻtkazish, tashqi attestasiyaga tayyorlash va oʻtkazishda faol ishtirok etish;

·     Universitet rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki qabulini amalga oshirish hamda murojaatlarni koʻrib chiqish;

·     Universitet Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.

 

Mehnat faoliyati:

1986-1988 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi

1988-1989 yy. - Harbiy xizmatni o‘tagan

1989-1991 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi

1991-1992 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti xo‘jalik shartnomasi asosida kichik ilmiy xodimi

1992-1995 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti aspiranti

1996-2002 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘simlikshunoslik kafedrasi assistenti

2002-2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘quv bo‘limi boshlig‘i (o‘rindoshlik asosida o‘simlikshunoslik kafedrasi dotsenti)

2004-2005 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agronomiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini (o‘rindoshlik asosida o‘simlikshunoslik kafedrasi dotsenti)

2005-2008 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agronomiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini (o‘rindoshlik asosida genetika, seleksiya va urug‘chilik kafedrasi dotsenti)

2008-2012 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘quv-metodika bo‘limi boshlig‘i (o‘rindoshlik asosida genetika, seleksiya va urug‘chilik kafedrasi dotsenti)

2012- 2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘quv ishlari bo‘yicha 1-prorektori (o‘rindoshlik asosida genetika, seleksiya va urug‘chilik kafedrasi dotsenti)

2018-2020 yy - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti dekani (ichki o‘rindoshlik asosida biotexnologiya kafedrasi dotsenti)

2018-2022 yy - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, (ichki o‘rindoshlik asosida biotexnologiya kafedrasi  v.b.profesori

2022 y. -  h.v.  – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori(ichki o‘rindoshlik assosida biotexnologiya kafedrasi professori)