SamDVMCHBU rektori Xudaynazar Yunusov rahbarligida Biotexnologiya hamda Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetlari va kafedralar professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish” bo‘yicha tanqidiy-tahliliy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda jahonda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo‘shilib qolish holatlari hamon uchramoqda. Shu jihatdan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida yoshlar o‘rtasida faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga samarali yetkazishni yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
- Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini kuchaytirish, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda, -dedi universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov.
- Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgaryapti. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati ham ortib bormoqda. Biroq bugun dunyoda ro‘y berayotgan iqtisodiy, mafkuraviy, g‘oyaviy qarama-qarshiliklar, shu bilan birga, taraqqiyot sur’atlarining shiddatli tus olgani, o‘ta ziddiyatli jarayonlarning ta’siri mamlakatimizda ham sezilayotgani erishilgan natijalar va to‘plangan boy tajribadan kelib chiqqan holda belgilangan maqsadlarni yana bir bor qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda, - dedi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Alibek Gapparov.
Shu bois universitetda Ustoz-shogird tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va tarbiya jarayonida professor-o‘qituvchilar mas’uliyatini yanada oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni yaxshi o‘rgatish, bu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy jarayonlarni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Shu bois talaba-yoshlarni turli salbiy illatlarga og‘ishmay to‘g‘ri yo‘lga boshlash borasida professor-o‘qituvchi, xodimlarni o‘rni juda katta ekanligi, jamoada sog‘lom muhit barqarorligini ta’minlashda barchamiz birdek mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz, turli tuhmat va bo‘htonlarni keltirib chiqarish, asossiz uydirmalar asosida obro‘sizlarntirish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalarida javobgarlik masalalari borligi keltirib o‘tildi.