Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo'jalik vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda shu mavzuda III Respublika o‘quv-uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarni kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov bugungi kunda mehnat bozori yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarga ehtiyoj ortmayotgani, bu taʼlim sifatini oshirishga avvalo oʻquv-uslubiy meʼyoriy hujjatlarni halqro darajada tayyorlash, Top 300 talikdagi OTMlarini oʻquv dasturlarini bizga hududiy va milliy qadriyatlarimizga, taʼlim yoʻnalishlarimizning xususiyatiga qarab takomillashtirib borish zarurati borligi, bizlar veterinariya yoʻnalishini oʻquv dasturlarini 30 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalari Minisota (AQSH), Paddova Piza (Italiya), Drezden, Vaynshteyfan (Germaniya), Vaginengen (Niderlandiya), Kvinslend (Avstraliya) Moskva Veterinariya meditsinasi va Biotexnologiyalar akademiyasi, Vitebsk veterinariya akademiyasi (Belorus), Yelgava Biofanlar va texnologiyalar universitet (Latviya) va boshqa koʻplab universitetlarning oʻquv dasturlari oʻrganib chiqildi, 2023-yilda halqaro epizootik byuro ekspertlari universitetga tashrif davrida ishlab chiqilgan oʻquv dasturlariga ijobiy fikrlar bildirildi va halqaro akkriditatsiyaga tayyorlash masalalari kelishib olinganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Fan-taʼlim va innovatsiyalarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Elbek Togʻaymurodov, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Innovatsion faoliyat, fan va taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi” boshligʻi oʻrinbosari Sobir Mavlonovlar soʻzga chiqib, tizim taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va innovatsion oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, veterinariya klinikasi, oʻquv va ilmiy laboratoriya, oʻquv tajriba xoʻjaligi, ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida nazariy bilim hamda amaliyotning uygʻunligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz taʼlim tizimini yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtishdi.
Konferensiya davomida universitet oʻquv ishlari boʻyicha prorektor A.Elmurodov, Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S.Islomov, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti oʻquv-uslubiy boshqarmasi boshligʻi I.Mamajonov, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti oʻquv-metodika boʻlimi boshligʻi P.Seytmurotov, Universitet huzuridagi Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumi direktori, professor S.Bazarov va boshqalar mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05