Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH VA SIFATINI YAXSHILASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH VA SIFATINI YAXSHILASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Yangiliklar

CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH VA SIFATINI YAXSHILASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH VA SIFATINI YAXSHILASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sifatini yaxshilashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

     Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda chorvachilikning alohida oʻrni bor. Shu jihatdan olganda, tarmoqqa zamonaviy yondashuvlar aholini sifatli va toʻyimli goʻsht-sut mahsulotlari bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Oziq-ovqat xavfsizligi kelajakda odamlarning munosib turmush kechirishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, soʻnggi paytlarda ushbu dolzarb masalaga katta eʼtibor berilmoqda, - dedi konferensiyani kirish soʻzi bilan ochib bergan universitet rektori, professor X.Yunusov. - Qayd etish kerakki, oxirgi yillarda mamlakatimizda ushbu yoʻnalishdagi ishlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻylaymanki, ushbu anjumanda koʻrib oʻtiladigan masalalar va takliflar oziq-ovqat xavfsizligi sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi.

    Konferensiyada “Zoom” platformasi orqali ishtirok etgan Oʻzbekiston respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Sh.Jabborov keyingi yillarda oziq-ovqat xavfsizligi jahon hamjamiyati oldidagi eng dolzarb masalalardan biri sifatida keng quloch ochgani, bu esa sohani yangi innovatsion tendensiyalar va texnologiyalar hamda ilmiy yutuqlarni qoʻllash orqali yanada rivojlantirishni taqozo etayotganini taʼkidladi.

     Konferensiyada Belarus Respublikasi Vitebsk davlat “Hurmat belgisi” veterinariya meditsinasi akademiyasi prorektori Fedotov Dmitriy Nikolayevich, K.A.Temiryazov nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasidan q.x.f.d.(PhD) A.A.Xudayberdiyev, Polsha Krakov Qishloq xoʻjaligi universiteti professori Martin Nemik, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori q.x.f.d. professor Ye.S.Shaptakov, Jangirxan nomidagi Gʻarbiy Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi texnikalari universiteti professori T.A.Baybatirov, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Asalarichilik laboratoriyasi mudiri O.S.Toʻrayev, Samarqand viloyati asalarichilik uyushmasi raisi X.A.Rashidovlar mavzu yuzasidan oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib, fikr-mulohazalarini bildirdi. 

     Shuningdek, konferensiya qatnashchilari Mega loyiha vivariysi va kafedra oʻquv laboratoriyalariga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

 

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita