WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

“MEGA LOYIHADA” ILMIY-TADQIQOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA




     Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Asqarov Saloxiddin Saitazim o‘g‘li tomonidan  16.00.01-Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi ixtisosligi bo‘yicha professor X.B.Yunusov va dotsent N.B.Roʻziqulovlar ilmiy rahbarligida “Qo‘zilar dispepsiyasining etiopatogenezi, davolash va oldini olish usullarni takomillashtirish’’ mavzusidagi  ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. Shu yilning 20-yanvar kuni soat 1200 da Aprobatsiya komissiya a`zolari ishtirokida 7 oy davom etgan tajribalar natijalari  tahlil qilindi. Aprobatsiya SamDVMCHBU huzurida amalga oshirilayotgan MEGA LOYIHA doirasida, universitet vivariysida bo‘lib o‘tdi.

     Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning turli geoekologik hududlari kesimida qo‘zilar dispepsiyasining sabablarini, shuningdek kilinik belgilari hamda dispepsiya paytida kuzatiladigan qondagi o‘zgarishlarni aniqlash asosida tashhis usuli hamda davolash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar olib borishdan iborat.

     Tadqiqotning ob’ekti va uslublari. Tadqiqotlarning mazkur bosqichi faqat qo‘zilar dispepsiyasi kasalligining antnatal (qo‘zi tug‘ilgungacha ta’sir etuvchi sabablar) sabablarini aniqlashga qaratildi. Bunda ilmiy tatqiqot ishlari 2021-2023-yillar davomida Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi qorako‘lchilikka ixtisoslashgan «Olgʻa» MChJ, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi «Bobir Murodalievich XK»ga qarashli qo‘ychilik xo‘jaligi va Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi «Qum kamar» fermer xo‘jaligi sharoitidagi QORAKOʻL hamda HISOR zotli sovliq va qoʻzilarda olib borildi. Klinik sogʻlom sovliqlardan, shuningdek, ketonuriya, alimentar osteodistrofiya, alimentar distrofiya va jigar distrofiyasi bilan kasallangan sovliqlardan tugʻilgan qoʻzilarning dispepsiya bilan kasallanish darajasi tahlil qilindi.

     Tadqiqot natijalari davomida dispepsiya bilan kasallangan qo‘zilarda kasallikning 1–2 kunlarida tez-tez tezaklash (bir kunda 8–12 marta), keyingi kunlarda esa doimiy ravishda ich ketishi kuzatilib, tezak suyuq, oqimtir-sariq rangda, qo‘lansa hidli, tarkibida ko‘p miqdorda shilimshiq modda, ayrim hollarda esa qon aralash boʻlishi qayd etildi.

      Kasallikning 3–5 (7) kunlarida qoʻzilarda kuchli holsizlanish, tashqi ta’sirotlarga javob reaksiyasining yoʻqolishi, organizmning suvsizlanish belgilari (burun oynasi va terining quruqlashishi, koʻz olmasining choʻkishi, yurak urishining tezlashib, pulsning bir daqiqada 180–200 martagacha yetishi, nafasning zoʻriqishi va bir daqiqada 46–60 martagacha yetishi, ishtahaning yoʻqolishi va adinamiya kuzatilib, tana harorati avvaliga 41–420C gacha koʻtarilishi va keyin pasayib borishi kuzatildi. Qorin devori paypaslanganda ogʻriq sezishi, ixtiyorsiz ravishda tezaklash, anus sfinktrining falajlanganligi, tezakning qoʻlansa hidli boʻlishi, dum va anus atrofining tezak bilan ifloslanishi kuzatildi. Ayrim qoʻzilarda tashqi shilliq pardalar sianozi roʻy berdi. Kasallangan qoʻzilarda koʻpincha yotish, ularning ayrimlarida gandiraklash, tananing orqa qismining falajlanishi qayd etildi.