NAZARIY BILIMLAR - AMALIYOTDA MUSTAHKAMLANMOQDA

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakulteti “Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri, q.x.f.f.d., (PhD) R.Pardayev va kafedra assistenti A.Tuygunovlar 70811601-Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning an’anaviy hamda innovatsion texnologiyasi va sertifikatsiyasi mutaxassisligi magistrlari bilan birga “Oʻzbegim-agro” Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasida nazariy olgan bilimlarni amaliyotda mustahkamlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita qatnashishdi.

Oʻrganish jarayonida mazkur korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mahalliy va xorijiy hamkorlari, ish faoliyati, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlari va shunga oʻxshash bir qator savollarga javoblar olindi. Shu bilan birga magistrlar kefir tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etishdi.

Tashrif yakunida talabalar va magistrlar amaliyotlarini oʻtkazish kelishib olindi hamda universitet va korxona oʻrtasida xoʻjalik shartnomasi tuzildi.

M.Q.I.T.S_fakulteti axborot xizmati.

Abdunabiyev Samandar

LTR RTL