SamDVMCHBU rektori professor X.Yunusov yosh professor-o‘qituvchilarga mahorat darsini o‘tdi. Darsda o‘qitish mahoratining yuqori darajasi, shaxsiy va professional fazilatlar, o‘qituvchi faoliyatida rivojlanish imkoniyatlari hamda o‘qitish usullari, axloqiy qoidalar va talaba bilan ishonchli munosabatlarni yaratish haqida so‘z kiritildi.Cocoon AI Summary
SamDVMCHBU rektori, professor X.Yunusov universitetning yosh professor-o‘qituvchilari uchun shu mavzuda mahorat darsini o‘tdi
Rektor dars avvalida o‘qitish mahoratining eng yuqori darajasi — bu o‘z fanini chuqur bilish va unga bog‘liq fanlarga keng dunyoqarash, mavjud bilimlarni talabalarga do‘stona tarzda yetkazish, rivojlangan shaxsiy fazilatlar, ilmiy va pedagogik faoliyatga ijodiy yondashuv, ilmiy va pedagogik muammolarni samarali hal qilish, o‘quv jarayonida shaxsni rivojlantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, fan bo‘yicha kuchli kompetensiyalarni singdirish va talabalarga o‘rganish quvonchini his qilish imkonini berish ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.

Shuningdek, pedagogik mukammallikning ushbu keng ta’rifiga asoslanib, o‘qituvchining beshta maxsus fazilatlari guruhi tuzilgan bo‘lib, bu tengdoshlar orasida eng yaxshi bo‘lish uchun ushbu fazilatlarni tushunish va o‘ziga singdirish imkonini berishini ta’kidladi.
Avvalo, biz shaxsiy fazilatlarni ko‘rib chiqamiz, chunki boshqa barcha shaxsiy fazilatlar harakterli maxsus harakatlarga bog‘liq - o‘qituvchi o‘z ishini sevishi va o‘zini unda ko‘rishi kerakligi, bilim va ko‘nikmalarni yuqori baholash va ularni doimiy ravishda takomillashtirish ustida ishlash, kiyim-kechak, ovqatlanish, bilim olish va turmush tarzida talabalar va hamkasblar uchun o‘rnak bo‘lish, dangasa bo‘lmaslik, faol, g‘ayratli va yetakchilik xususiyatlariga ega bo‘lish, yolg‘iz qolganda ham, aqlli va zukko inson qadr-qimmatini to‘liq saqlash lozimligini ta’kidladi.
O‘qituvchining asosiy xususiyatlarining ikkinchi guruhiga o‘qituvchini mohir o‘qituvchidan ajratib turadigan professional fazilatlar kirishi, o‘qitiladigan fanlarni chuqur bilish, oldingi va unga bog‘liq fanlar bo‘yicha keng bilim, pedagogika asoslarini yaxshi bilish, o‘smirlik va yoshlik psixologiyasi, nutq texnikasi haqida bilim, doimiy ravishda o‘zini takomillashtirish va o‘zini tahlil qilish, hissiy holatini nazorat qilish qobiliyati bo‘lishligi haqida so‘z yuritdi.

O‘qituvchining hulq-atvor madaniyati xususida so‘z yuritib, nostandart yechimlarni doimiy ravishda izlash, o‘qituvchining qadr-qimmatini saqlab qolgan holda, turli xil o‘qitish vaziyatlarida oddiy yechimlarni yaratish, guruhning eng yaxshi va eng shuhratparast a’zolari porlashi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni ataylab yaratish, guruhning bir qismi bo‘lish va talabalar bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatish, o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘qish davomida talabalarni doimiy ravishda rag‘batlantirish qobiliyati bo‘lishligiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, o‘qitish usullarini bilish va o‘z usullarini ishlab chiqish, o‘qitish texnikasi va texnologiyalarini mukammal bilish, turli xil psixotip guruhlari bilan bag‘rikenglik asosida muloqot qilish, dars va sinfni yaxshi boshqarish ko‘nikmalari, zamonaviy IT texnologiyalarini bilish va ulardan kundalik ishda foydalanish kabi o‘qituvchining maxsus ko‘nikmalari va qobiliyatlari bo‘lishligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, o‘qituvchining o‘z faoliyatida amal qilishi lozim bo‘lgan axloqiy qoidalar, amallar va tavsiyalar, o‘qituvchining o‘quv ishlari, darslarda ijobiy va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish, o‘qituvchi-talaba va talaba-talaba o‘rtasidagi munosabatlarning ohangi va uslubini tartibga solish, o‘quvchilarning faol o‘qishini rag‘batlantirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, talabalarning fan kompetensiyalarining rivojlanish darajasi, talabalarning ta’lim darajasini oshirish, o‘qituvchining mahorati va pedagogik professionalligi xususida tushunchalar berdi.