Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga tashrif buyurgan taniqli shoir va mohir jurnalistlar Dilshod Rajabov va Orif To‘xtashevlarni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi jamoa munosib kutib olishdi.
Shundan so‘ng, universitet rektori mehmonlarga universitet bosh binosi oldidagi birinchi veterinar shifokori siymosi aks etgan monumentga ta’rif berib, uning yaratilish tarixi, ma’no-mazmuni haqida batafsil to‘xtaldi. Universitet hayoti va faoliyatiga haqida qisqacha ma’lumot berilib, esdalik uchun fotosuratga tushishdi.
Shuningdek, mehmonlar loyiha doirasida universitet bog‘ida daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Mazkur daraxtlarga qaysi adib tomonidan va qachon ekilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot taxtachalari o‘rnatilib, ushbu ezgu an’ana davomida universitetda “Adiblar bog‘i” tashkil etilishiga zamin yaratadi.
Adiblar Dilshod Rajabov va Orif To‘xtashevlarning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi universitet “Madaniyat saroyi”da o‘tkazildi. Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor X. Yunusov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. Mazkur tadbir yoshlarimizning har tomonlama ma’nan komil inson bo‘lib voyaga yetishlarida muhim ekanligini, ma’rifat kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya ekanligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, ijodkorlar mazkur loyihaning mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritib, she’rlaridan parchalar o‘qishdi. Hayotda muvaffaqiyatlarga erishishning yagona yo‘li faqat ilm olish ekanligini hayotiy misollar orqali ifodalab berishdi.
Universitet
iqtidorli talabalari tomonidan ijodkorlar asarlari asosida tayyorlangan
kuy-qo‘shiqlar va spektakllar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Loyiha doirasida adiblar Pastdarg‘om tumanida joylashgan 10, 119 va 120-umumta’lim maktablariga bo‘lgan tashrifida o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qilar ekan, o‘z ijod yo‘llari, badiiy asarning yaralishi, adabiyotning jamiyat ma’naviyatida tutgan o‘rni, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yuzasidan qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdi. O‘quvchilar adiblarning she’rlaridan aytishdi, sahna asarlaridan parchalar qo‘yishdi.
Shuningdek, adiblar universitetda adiblarning hayoti va ijodi asosida talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Insholar tanlovi”, “Munozara” va “Zakovat” intellektual o‘yinlarida bevosita ishtirok etib, talabalarning bilimi va iqtidoriga yuqori baho berib, qiziqarli savol-javoblar qilishdi.
Tadbir doirasida
adiblar iqtidorli va ijodkor talabalarning bir guruhiga eng tanlanma asarlarini
tuhfa qilishdi.
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17