2022 yil 29 iyul kuni soat 10:00 da Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/30.12.2019.V.12.01. raqamli ilmiy kengash yig‘ilishida Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi Kuldashev Otamurod Urazovichning 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinariya akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi ixtisosligi bo‘yicha “Sigirlar bepushtligi, endometritlarni davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi veterinariya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish joyi: SamDVMChBU, 2-bino, 3-qavat, Kengash xonasi (271-xona).
Ilmiy kengash