2023-yil 3-noyabr kuni I juftlik soat 9:00 da, Universitetning 4-binosi 424-xonada Biotexnologiya fakultetining Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta‘lim yo’nalishi 1-bosqich 104-guruh talabalari uchun “Analitik, fizkolloid va bioorganik kimyo” fanidan “To‘rtinchi analitik guruh kationlari” mavzusida SamDVMChBU Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi M. Aripovaning ochiq laboratoriya mashg‘ulot darsi bo‘lib o‘tadi.
Darsdan bo‘sh professor-o‘qituvchilar taklif etiladi.
KAFEDRA
SamDVMChBU Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchi M.Aripovaning Analitik, fizkolloid va bioorganik kimyo fanidan “Toʻrtinchi analitik guruh kationlari”
mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg’uloti ishlanmasiga
TAQRIZ
Analitik, fizkolloid va bioorganik kimyo “Fan dasturi” asosida ishlab chiqilgan Ishchi dastur (sillabus) tayyorlangan bo’lib, unga muvofiq laboratoriya mashg’uloti rejasi va matni tayyorlangan. Tuzilgan reja, laboratoriya mashg’uloti davomida toʻrtinchi analitik guruh kationlari mavzusida qo’yilgan maqsadni, mavzu mazmunini talabalarga to‘liq yetkazilishini, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi mutaxasisligi bilan bog’liq elementlarini to‘liq qamrab olgan.
Laboratoriya mashg’ulotining texnologik xaritasida dars davomida vaqt me’yoridan to‘g’ri foydalanish, ya’ni kirish, asosiy va xulosa qismlari uchun taqsimlangan daqiqalar metodik talablarga mos keladi.
Taqdimotda IV-analitik guruh kationlaridan Ag+, Pb2+, Cu2+ larga doir xususiy reaksiyalarni o‘tkazish tartibi va ularda kuzatiladigan effektlar, Cu2+ kationining mikroelement sifatida hayvon organizmi yoki o‘simlik to‘qimalaridagi roli, AgNO3 va Hg2Cl2 lardan meditsinada foydalanish, Pb2+ va Hg2+ birikmalarini oziq-ovqat tarkibida bo‘lishi organizmni zaharlanishiga olib kelishi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. CuSO4·5H2O ( Albindazol, antigelment preparati), CuSO4+Ca(OH)2 (bardos suyuqligi), (CuOH)2CO3 (urug‘ni dorilab saqlash) kabi mis birikmalaridan qishloq xo‘jaligida, veterinariyada qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘qituvchi M.Aripovaning “Toʻrtinchi analitik guruh kationlari” mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg’ulotining taqdimoti hozirgi zamon ta’lim texnologiyasi talablariga to’liq javob beradi.
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi mutaxasisligi 1-bosqich talabalari uchun tayyorlangan laboratoriya mashg’uloti ishlanmasida qo’yilgan uslubiy maqsadga erishilgan, shu sababli undan Universitetda o’tkaziladigan mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.
SamDVMChBU Tabiiy fanlar
kafedrasi dotsenti k.f.n., Aminov Z
SamDVMChBU Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchi M. Aripovaning Analitik, fizkolloid va bioorganik kimyo fanidan “Toʻrtinchi analitik guruh kationlari”
mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg’uloti ishlanmasiga
TAQRIZ
Analitik, fizkolloid va bioorganik kimyo “Fan dasturi” asosida ishlab chiqilgan Ishchi dastur (sillabus) tayyorlangan bo’lib, unga muvofiq laboratoriya mashg’uloti rejasi va matni tayyorlangan. Tuzilgan reja, laboratoriya mashg’uloti davomida toʻrtinchi analitik guruh kationlari mavzusida qo’yilgan maqsadni, mavzu mazmunini talabalarga to’liq yetkazilishini, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisligi bilan bog’liq elementlarini to’liq qamrab olgan.
Laboratoriya mashg’ulotining texnologik xaritasida dars davomida vaqt me’yoridan to’g’ri foydalanish, ya’ni kirish, asosiy va xulosa qismlari uchun taqsimlangan daqiqalar metodik talablarga mos keladi.
Taqdimotda IV-analitik guruh kationlaridan Ag+, Pb2+, Cu2+ larga doir xususiy reaksiyalarni o‘tkazish tartibi va ularda kuzatiladigan effektlar, Cu2+ kationining mikroelement sifatida hayvon organizmi yoki o‘simlik to‘qimalaridagi roli, AgNO3 va Hg2Cl2 lardan meditsinada foydalanish, Pb2+ va Hg2+ birikmalarini oziq-ovqat tarkibida bo‘lishi, organizmni zaharlanishiga olib kelishi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. CuSO4·5H2O ( Albindazol, antigelment preparati), CuSO4+Ca(OH)2 (bardos suyuqligi), (CuOH)2CO3 (urug‘ni dorilab saqlash) kabi mis birikmalaridan qishloq xo‘jaligida, veterinariyada qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘qituvchi M.Aripovaning “Toʻrtinchi analitik guruh kationlari” mavzusidagi ochiq laboratoriya mashg’ulotining taqdimoti hozirgi zamon ta’lim texnologiyasi talablariga to’liq javob beradi.
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisligi 1-bosqich talabalari uchun tayyorlangan laboratoriya mashg’uloti ishlanmasida qo‘yilgan uslubiy maqsadga erishilgan, shu sababli undan Universitetda o’tkaziladigan mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.
SamDU Biokimyo instituti
Fizikaviy va kolloid
kimyo kafedrasi dotsenti PhD Muxamadiyev A.N
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17