E'LON!

2023-yil  31-oktabr kuni  I -juftlik soat 9:00 da, Universitet 4- binosi    426-xonada Mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakultetining 1-bosqich 103-guruh talabalari uchun “Analitik va fizkolloid kimyo” fanidan Fizik kimyo fanining predmeti. Agregat holatlar. Termodinamika qonunlari va ularning biologik jarayonlarda qo‘llanilishi”  mavzusida SamDVMChBU Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti Z.Aminovning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.

Darsdan bo‘sh professor-o‘qituvchilar taklif etiladi.

                                                                                      KAFEDRA

Sam DVMChBU Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti Z. Aminovning Analitik va fizkolloid kimyo fanidan “Fizik kimyo fanining predmeti. Agregat holatlar. Termodinamika qonunlari va ularning biologik jarayonlarda qo‘llanilishi” mavzusidagi ochiq ma’ruza mashg’uloti ishlanmasiga

TAQRIZ

Analitik va fizkolloid kimyo Fan dasturi asosida  ishlab chiqilgan Ishchi dastur (sillabus) tayyorlangan bo’lib, unga muvofiq ma’ruza rejasi va matni tayyorlangan. Tuzilgan reja, ma’ruza davomida moddaning agregat holatlari va termodinamika asoslari mavzusida qo’yilgan maqsadni, mavzu mazmunini talabalarga  to’liq yetkazilishini, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi mutaxasisligi bilan bog’liqlik elementlarini to’liq qamrab olgan.

Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasida dars davomida vaqt meyoridan to’g’ri foydalanish, yani kirish, asosiy va xulosa qismlar uchun taqsimlangan daqiqalar metodik talablarga mos keladi.

          Taqdimotda moddalarning gazsimon, suyuq, qattiq va plazma holatlarini izohlovchi ma’lumotlar, tabiatda va biologik organizmda ular ishtirokida yoki muhitida kechadigan jarayonlardan lavhalar keltirilgan. TermodinamikaningI-II-III qonunlarining ta’rifi, mohiyatini matematik ifodalanishi, bu qonunlarning tirik organizmni energiya balansini asoslashdagi roli, tabiatda o’z-o‘zicha amalga oshadigan jarayonlarning termodinamikaning II-qonuni, ya’ni entropiyaning ortishi bilan borishi, oziq-ovqat mahsulotlari energetik zahirasini aniqlashda qo‘llaniladigan kalorimetrik usul haqida malumotlar ma’ruza matnida mavjud. Ishlanmada talabalar  mustaqil ta’limi uchun savollar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham keltirilgan.

          Dotsent Z.Aminovning  “Fizik kimyo fanining predmeti. Agregat holatlar. Termodinamika qonunlari va ularning biologik jarayonlarda qo‘llanilishi”  mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining taqdimoti hozirgi zamon ta’lim texnologiyasi talablariga to’liq javob beradi.

         Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi 1-bosqich talabalari uchun tayyorlangan ma’ruza ishlanmasida qo’yilgan uslubiy maqsadga erishilgan, shu sababli undan Universitetda o’tkaziladigan mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini

qayta ishlash, standartlashtirish

va sertifikatlash kafedrasi dotsenti                                                  k.f.n A.Tursunov    

SamDU Biokimyo instituti,

Fizikaviy va kolloid kimyo

kafedrasi mudiri                                                        k.f.d., professor

                                                                                   Muxamadiyev N.Q     

LTR RTL