Abituriyentlar diqqatiga!

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.
Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.
  Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.
  Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
  Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga 2022/2023 o‘qiy yili uchun kundizgi ta’lim shakli bo‘yicha 7 ta fakultetining 22 ta ta’lim yo‘nalishlariga 1395 nafar, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 14 ta ta’lim yo‘nalishiga 475 nafar va 32 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 132 nafar abituriyentlarni qabul qilish rejalashtirilgan. 
Xususan 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kundizgi ta’lim shakli uchun: BATAFSIL
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari sirtqi ta’lim shakli uchun: BATAFSIL
Magistratura mutaxassiliklari uchun: BATAFSIL
Shuningdek universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan texnikumlarning a’lo baho bilan bitirgan abituriyentlarni suhbat asosida ikkinchi bosqichga qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Call center va maslahat markazi telefon raqamlari:
+99866-234-98-73
+99866-234-98-78
+99866-234-98-79
+99866-234-98-33
Abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan bo‘layotgan murojaatlariga o‘z vaqtida Call center va maslahat markaziga biriktirilgan texnik xodimlar tomonidan  batafsil javoblar berib kelinmoqda.

LTR RTL