Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish boshlandi

15-apreldan 2023-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri bo‘lgan mustaqil izlanuvchilikka onlayn hujjat topshirishga start berildi. (lex.uzHujjatlar 15-mayga qadar yagona elektron tizim – phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi. Shuningdek, yuqorida belgilangan muddatlarda talabgorlarning hujjatlari qabul qilinishi lozim.

Manba: https://t.me/eduuz/13117

LTR RTL