“Referendum – 2023: KELAJAGING UCHUN OVOZ BER!” shiori ostida navbatdagi targ‘ibot Forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining mazmun-mohiyati yuzasidan universitet mehmonlari - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘ZLiDep fraksiyasi a’zolari N.Rizayev, Gʻ.Abdiyevlar, shuningdek partiya viloyat Kengashi deputatlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati N.To‘rayevlar ma’ruza qildilar.

Tadbirni Universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov ochib berdi va muhim siyosiy tadbirda mazkur ta’lim maskani talaba - yoshlari faol ishtirok etishlariga umid bildirdi.

Shuningdek, faol talaba-yoshlar ham 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda ishtirok etishlarini, yangilanayotgan Bosh Qomus va uning yoshlarga oid normalari xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Targ‘ibot tadbiri kuy – qo‘shiqlar bilan yanada qiziqarli o‘tdi. Poytaxtdan kelgan san’atkorlar davraga fayz kiritdilar.

“KONSTITUSIYA – MENIKI, SENIKI, BARCHAMIZNIKI!”

Axborot xizmati

LTR RTL