O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16-maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan «2022 – 2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»ning 14-bandida oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’lim jarayonlari, stipendiya olish, yotoqxona bilan ta’minlanish, ta’lim kreditlari, to‘lov-kontrakt turlari, o‘qishdan chetlashtirish, o‘qishni qayta tiklash, akademik ta’til olish hamda oliy ta’lim bilan bog‘liq boshqa jarayonlarni qamrab olgan maxsus qo‘llanma tayyorlash va tarqatish vazifasi belgilangan. Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun oliy ta’lim bilan bog‘liq jarayonlarni qamrab oluvchi maxsus qo‘llanma (me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami) tayyorlandi.
Maxsus qo‘llanma elektron shaklda ilova qilinadi.
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17