Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 14-martdagi 97-sonli buyrugʻining qoʻshimcha ilovasiga asosan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida joriy yilning 14-15-oktabr kunlari “Veterinariya va chorvachilikda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishning istiqboldagi vazifalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtadi.
ILMIY MAQOLA MUALLIFLARI DIQQATIGA!
Anjumanda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shu’balar ish olib boradi:
1. Veterinariya sohasidagi zamonaviy profilaktika va davolash usullarining yechimlari – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda sifatli mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi boʻyicha erishilgan yutuqlar.
2. Veterinariya, chorvachilik hamda biotexnologiyalar sohasida qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalar, erishilgan yutuqlar hamda mavjud muammolar.
3. Chorvachilik sohasida mahsuldor hayvonlar seleksiyasi va naslini yaxshilash, oziqlantirish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi boʻyicha erishilgan yutuqlar.
4. Qishloq xoʻjaligida zamonaviy biotexnologik usullar, ekologik toza mahsulotlar yetishtirish va saqlash texnologiyalari, veterinariyada farmatsevtika hamda oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha erishilgan yutuqlar.
5. Veterinariya chorvachiligida iqtisodiyot, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, resurs-energiya tejamkor qishloq xoʻjalik texnikalarini yaratish, ulardan foydalanish va servis koʻrsatish tizimini takomillashtirish, oziqabob ekinlar seleksiyasi, yutuqlari va mavjud muammolar.
6. Zamonaviy malakali kadrlar tayyorlash, oʻqitishning zamonaviy usullarida erishilgan yutuqlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish
KONFERENSIYA TASHKILIY QOʻMITASI
Tashkiliy qoʻmita raisi:
Yunusov Xudaynazar Beknazarovich – Universitet rektori., biologiya fanlari doktori, professor.
Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosarlari:
Daminov Asadullo Suvonovich– universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori., veterinariya fanlari doktori, professor.
Shabunin Sergey Viktorovich – Butunrossiya patologiya, farmakologiya va terapiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori., veterinariya fanlari doktori, professor Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi;
Plemyashov Kirill Vladimirovich – Sankt-Peterburg davlat veterinariya meditsinasi universiteti rektori., veterinariya fanlari doktori, professor Rossiya Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi;
Pozyabin Sergey Vladimirovich – K.I.Skryabin nomidagi Moskva davlat veterinariya meditsinasi va biotexnologiya akademiyasi rektori, veterinariya fanlari doktori, professor;
Gavrichenko Nikolay Ivanovich – Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi rektori, qishloq xoʻjalik fanlari doktori.
Konferensiya kotiblari:
Yulchiyev Jasur Baxodirovich
Daniyerov Ravshan Xasanovich
2023-11-06
2023-03-01
2023-03-17
2022-05-17