Mehnat staji 41 yil. Mazkur vazifada 2014 yildan buyon ishlamoqda.
Kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Sh.A.Ishniyazova fakultet va universitet jamoat ishlarida faol ishtirok etib, universitet rahbariyati, shahar va viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i, hamda 2016 yil “Yil o‘qituvchisi” Respublika ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘lgan, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasining tanlovi stipendiati bo‘lib, Latviya tabiiy fanlari va texnologiyalar universitetida (LLU) malaka oshirigan. Oxirgi 3 yilda 15 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 3 o‘quv qo‘llanma chop qilingan, bir qator milliy va xorijiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2018-2021 yillarda Yevropa Ittifoqi Erasmus+dasturi “BuzNet” Xalqaro loyixa ishtirokchisi, 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan “AgroDev”: Sifatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oliy ta’limni rivojlantirish” loyihasining kontent koordinatori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Viloyat “Olima ayol” kengashining a’zosi.
Sh.A.Ishniyazova 1995 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va hozirgi kunda “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini sifat kursatgichlarini aniqlashda zamonaviy fizik-ximiyoviy usullarning qo‘llanilishi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.
Sh.A.Ishniyazova universitetdagi mavjud yuklamalarga, asosan talabalarga bir nechta fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori sifatda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda o‘zbek va rus tillarida olib boradi. Universitet hamda Latviya Respublikasining Latviya tabiiy fanlari va texnologiyalar universiteti xamkorligida qo‘shma dasturlar: “Oziq-ovqat texnologiyalari” magistratura mutaxassisligini va “Oziq-ovqat sifati va innovatsiyalar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv dasturlarini yuritilishi bo‘yicha koordinator. Universitet yoshlarning ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik bilan birga jamoada hurmat va e’tiborga ega.