WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Гафурова Савлат Толибовна

O'ZBEK, RUS TILLARI VA ADABIYOTI KAFEDRASI ASISSTENTI

  • Batafsil ma'lumotlar

    G‘afurova Savlat Tolibovna 1961-yil 14-aprelda Samarqand shahrida tug‘ilgan. 1978-yilda Samarqand shahridagi G‘afur G‘ulom nomli 28-maktabni tamomlagan. 1980-yilda A. Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetiga o‘qishga kirib, 1985-yilda ushbu oliygohni filolog-mutaxassis, rus tili o‘qituvchisi sifatida tugatgan.

   2013-yil fevral oyidan boshlab hozirgi kungacha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining "O‘zbek va rus tillari" kafedrasida rus tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

   Mehnat faoliyati davomida 15 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlarni chop etgan, jumladan, 3 ta maqola O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan tan olingan jurnallarda, 7 ta xalqaro va 5 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida, impakt-faktorli jurnallarda nashr etilgan. 2024-yilda "Rus tilidan mashqlar to‘plami" metodik qo‘llanmasini nashr etgan, kafedra o‘qituvchilari bilan birgalikda test mashqlari to‘plamini tayyorlagan.

   G‘afurova S.T. universitetda mavjud o‘quv yuklamalaridan kelib chiqqan holda talabalar uchun rus tili fanidan sifatli amaliy tayyorgarlik o‘tkazadi, zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanadi.