WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Akramov Abdulaziz Akramovich

Maʼlumotlar bazasi (back office) menejeri

  • Batafsil ma'lumotlar

Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimi menejerlarining vazifalari.

Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori bo‘ycha:

  • talabalar, resurslar, shartnomalar, mashgʻulotlar va talabalarning oʻzlashtirishi haqidagi turli xil statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
  • talabalarning kursdan kursga qolishi, talabalar safidan chetlashtirilishi  va akademik taʼtilga chiqishi boʻyicha statistik maʼlumotlarni umumlashtirish                va tahlil qilish;
  • oʻqishni koʻchirish va tiklashga tavsiya etilgan talabalarga oid statistik maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
  • topshiriq va murojaatlarga asosan oliy taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir statistik maʼlumotlarni taqdim etishga tayyorlash;
  • oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Statistika agentligiga taqdim etiladigan hisobot shakllarini yuritish;
  • bitiruvchilar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bankini shakllantirish;
  • bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ishga joylashganligi bo‘yicha olib borilgan monitoring yuzasidan maʼlumotlarni olish, umumlashtirish va tahlil qilish;
  • “HEMIS” axborot tizimiga kiritilayotgan statistik maʼlumotlarning toʻgʻriligini tahlil qilib borish.
  • Statistik maʼlumotlarni yuritish sektori menejerlariga kerakli ma’lumotlarni yigʻish, umumlashtirish va qayta ishlash uchun so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishda OTT tuzilmasidagi boshqa boʻlinmalarning xodimlari yordam berishlari va hamkorlikda ishlashlari lozim.

Oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish sektori bo‘yicha:

  • akademik guruhlarni shakllantirish;
  • talabalarga qayta oʻqishni tashkil qilish (fan guruhlari, dars jadvali va nazorat jadvallarini yaratish, arizalarni koʻrib chiqish);
  • talabalarni tegishli fanlarga biriktirish;
  • talabalarni tizimga kiritish va tegishli guruhlarga biriktirish;
  • tyutorga tegishli guruhlarni biriktirish;
  • oʻquv rejada mavjud fanlarni semestrlarga biriktirish;
  • qabul qilingan talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
  • talabalar harakati (talabalar safidan chetlashtirish, kursda qoldirish, oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash)ni muvofiqlashtirish va rasmiylashtirish;
  • talabalarni kursdan kursga oʻtkazish;
  • talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini umumlashtirish va tahlil qilish;
  • talabalarning maʼlumot bazalarini shakllantirish va yangilab borish;
  • oʻqishni bitirgan talabalarni tegishli tartibda rasmiylashtirish;
  • “HEMIS” tizimi orqali talabalar davomatini nazorat qilish, kunlik davomat hisobotini olish va fanlar boʻyicha davomatni monitoring qilish;
  • dars jadvallarini hamda joriy, oraliq va yakuniy nazorat grafiklarini “HEMIS” axborot tizimida shakllantirish.

Talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash sektori bo‘yicha:

  • oliy taʼlim tashkilotini tugatgan talabalar hujjatlarini toʻplab yigʻma jildga tikish, roʻyxatga olish va arxivga qadar saqlash;
  • familiyasi oʻzgargan, akademik taʼtilga chiqqan, yoʻnalishni va fakultetni oʻzgartirgan, kursda qoldirilgan, talabalar safidan chiqarilgan talabalarning buyruqlaridan koʻchirmalarni talabalar bazasiga joylashtirish;
  • oʻqishni boshqa oliy taʼlim tashkilotiga koʻchirish munosabati bilan talabalar safidan chetlatilgan talabalarni hamma kerakli hujjatlarini talabaga yetkazish;
  • bitiruvchilarga berilgan diplomlarning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida doimiy ravishda https://OTT.mehnat.uz va http://d-arxiv.edu.uz platformalari orqali tashkilot va muassasalar bilan yozishmalarni amalga oshirish, yoʻqotilgan diplom va ilovalar oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisidagi murojaatlarga javob qaytarish.