WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Axmedova Umida Sapayevna

Bosh mutaxassis

  • Batafsil ma'lumotlar

  • o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Vazir va universitet rektori buyruq va ko‘rsatmalari hamda bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlari asosida tashkil etish;
  • bo‘limda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash;
  • universitetning o‘quv, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
  • universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasini, shuningdek,  oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlarida sifat darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonida ishtirok etish va hisobot tayyorlash;
  • talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligi, shaffofligi  va sifat darajasini  baholash;
  • OTMdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va ularning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
  • jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish;
  • attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda universitetda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish;
  • bo‘lim faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish;
  • respublika  va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
  • vazirlikning topshirig‘iga binoan bo‘lim boshlig‘i ruxsati bilan boshqa OTMlarda o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

Malaka talablari:

  • oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik jihatidan) ega bo‘lishi;
  • ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlari, asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi ;
  • pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo‘lishi;
  • ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi;
  •  o‘quv, ilmiy - tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning mazmun-mohiyatini tushunishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlashga qo‘yilgan talablarni bilishi;
  • o‘zbek tilini mukammal, rus va xorijiy tillardan birini yetarli darajada bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);
  • ish jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.