QISHLOQ XO'JALIK MAXSULOTLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI, STANDARTLASH VA SERTIFIKATLASH KAFEDRASI

QISHLOQ XO'JALIK MAXSULOTLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI, STANDARTLASH VA SERTIFIKATLASH KAFEDRASI

Kafedra mudiri

Ishniyazova Shaxista Ashurovna

Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)


Telefon: +99890 271-27-76


Elektron pochta: Ishniyazova04@gmail.com 


                                                                      Biografiya
Mehnat staji 41 yil. Mazkur vazifada 2014 yildan buyon ishlamoqda.
Kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Sh.A.Ishniyazova fakultet va universitet jamoat ishlarida faol ishtirok etib, universitet rahbariyati, shahar va viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i, hamda 2016 yil “Yil o‘qituvchisi” Respublika ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘lgan, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasining tanlovi stipendiati bo‘lib,  Latviya tabiiy fanlari va texnologiyalar universitetida (LLU) malaka oshirigan. Oxirgi 3 yilda  15  dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar,  jumladan, 3 o‘quv qo‘llanma chop qilingan, bir qator milliy va xorijiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. 2018-2021 yillarda Yevropa Ittifoqi Erasmus+dasturi  “BuzNet” Xalqaro loyixa ishtirokchisi, 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan “AgroDev”: Sifatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oliy ta’limni rivojlantirish” loyihasining kontent koordinatori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Viloyat “Olima ayol” kengashining a’zosi.
Sh.A.Ishniyazova  1995  yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va hozirgi kunda “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini sifat kursatgichlarini aniqlashda zamonaviy fizik-ximiyoviy usullarning qo‘llanilishi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. 
Sh.A.Ishniyazova  universitetdagi mavjud yuklamalarga, asosan talabalarga bir nechta fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori sifatda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda o‘zbek va rus  tillarida olib boradi. Universitet hamda Latviya Respublikasining Latviya tabiiy fanlari va texnologiyalar universiteti xamkorligida qo‘shma dasturlar: “Oziq-ovqat texnologiyalari” magistratura mutaxassisligini va “Oziq-ovqat sifati va innovatsiyalar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv dasturlarini yuritilishi bo‘yicha koordinator. Universitet yoshlarning  ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik bilan birga jamoada hurmat va e’tiborga ega.


QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI, STANDARTLASH VA SERTIFIKATLASH KAFEDRASI
Kafedra 1993 yil Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tarkibida “Konservalash texnologiyasi” va “Teri va mo‘ynani qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi asosida “Mahsulotlarni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi va organik kimyo” kafedrasi sifatida tashkil topgan. 1997 yilda ta’lim yo‘nalishlari “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishiga o‘zgartirilganligi uchun kafedra nomi “Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va organik kimyo” deb o‘zgartirilgan.
2001 yil sentyabrdan boshlab yo‘nalish “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” bo‘lganligi uchun kafedra “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni tashkil etish” deb nomlandi. 
2015 yilda klassifikatorda bo‘lgan o‘zgarishlar tufayli kafedra “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va ishlov berish texnologiyasi” nomini olgan.
2018 yildan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tarkibida “Chorvachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi deb nomlandi. 
2022 yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tarkibida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi, standartlash va sertifikatlash” kafedrasi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kunda kafedra tarkibida kafedra mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Ishniyazova, professor: R.Normaxmatov, dotsentlar: A.Tursunov, N.Mo‘minov, J.Fayziyev, Z.Saidmuradova, assistentlar: R.Tashmanov, Sh.Nurmatov, G‘.Tursunov, F.Mardonov I.Begimkulov, laboratoriya mudiri Sh.Mavlonova faoliyat ko‘rsatishmoqda. 

Kafedra o‘qituvchilari ro‘yxati  

F.I.Sh.

O‘qitadigan fan

Shtat birligi

Ishniyazova Sh.A

Qishloq xoʻjalik mahsulotlari biokimyosi

Sut, go‘sht va baliq mahsulotlari biokimyosi

1,00

Normaxmatov R

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyalari

0,25

Mo‘minov N

Chiqindisiz qayta ishlash asoslari va ikkilamchi resuralardan foydalanish

Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda sifat tizimi

0,75

Tursunov A

Chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi

0,50

Saidmurodova  Z

Chorvachilik mahsulotlarini texnokimyoviy nazorati

Ozuqa va ozuqaviy qo‘shimchlarinig kimyoviy tahlili

1,00

Fayziyev Dj

Chorvachilik mahsulotlarini texnokimyoviy nazorati

0,50

Tashmanov R

Ozuqabop o‘simlik mahsulotlarini standartlash, metrologiya va sertifikatlash asoslari bilan

Chrovachilik mahsulotlarini standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash asoslari

1,00

Nurmatov Sh

Biomahsulotlar metrologiyasi, standartizatsiyasi va sertifikatsiya asoslari

Pishloq tayyorlash texnologiyasi

1,00

Tursunov G‘

Mutaxassislikka kirish

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyalari

1,00

Begimkulov I

Mutaxassislikka kirish

 

0,25

Mardonov F

Chorvachilik mahsulotlarini texnokimyoviy nazorati

0,25

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriat:

Qishloq xoʻjalik mahsulotlari biokimyosi
Sut, go‘sht va baliq mahsulotlari biokimyosi
Mutaxassislikka kirish
Chorvachilik mahsulotlarini texnokimyoviy nazorati
Biomahsulotlar metrologiyasi, standartizatsiyasi va sertifikatsiya asoslari
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyalari
Ozuqabop o‘simlik mahsulotlarini standartlash, metrologiya va sertifikatlash asoslari bilan
Ozuqa va ozuqaviy qo‘shimchlarinig kimyoviy tahlili
Pishloq tayyorlash texnologiyasi
Biomahsulotlar metrologiyasi, standartizatsiyasi va sertifikatsiya asoslari
Chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi
Chrovachilik mahsulotlarini tandartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash asoslari

Magistratura:
Chiqindisiz qayta ishlash asoslari va ikkilamchi resuralardan foydalanish
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda sifat tizimi

Qo‘shma fakultet bo‘yicha:
Технологии хранения и переработки  продукции растениеводства
Управление качеством и сертификация продукции
Пищевой аромат
Питания
Пищевой законодательства

 

 

LTR RTL