Shaxsiy
ma’lumotlar
Gapparov Alibek
Karshiboyevich 2009-yilda Samarqand davlat
chet tillar institutini tamomlagan. 2024-yilda 10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter
lingvistikasi” ixtisosligi bo‘yicha Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajasini olgan.
2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” estalik
ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Lavozim
vazifalari
·O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, Prezident Qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oliy
Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi
qarorlarini, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy
hujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
·Yuqori
tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlarini ma’naviy-ma’rifiy
jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha ijtimoiy majburiyatni olishi, OTM Kengashi
qarorlari va rektor buyruqlarining ijrosini tashkil etish;
·Talaba-yoshlarning
ijtimoiy faolligini kuzatib borish va mutasaddi tashkilotlar (IIV, Milliy
gvardiya, Bosh prokuratura, DXX, FVV, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqalar) bilan hamkorlikda ishlami
tashkil etish;
·OTM
sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq
chiqarish tizimlarining uzluksiz va silatli ishlashishini ta’minlash
masalalarini nazorat etish;
·Moddiy
jihatdan kam ta’minlangan, mahalliy hokimiyatlarda “Ijtimoiy himoya yagona
reyestri” axborot tizimi orqali ro‘yxatga olingan “Temir daftar”, “Yoshlar
daftari”, “Ayollar daftari”hamda “Mexr daftari”ga kiruvchi, ko‘p bolali
oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvolini aniqlash va ularni ijtimoiy
muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ishlar olib borish;
·OTM
professor-o‘qituvchilarining “Bir mahallaga - bir ziyoli ma’naviy homiy”
tamoyili asosida joylarda aholi bilan suhbatlarini uyushtirish;
·Iqtidorli
yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va
ularga ko‘maklashish, talaba va yoshlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino va boshqa nomdagi nufuzli
stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
·OTM
“Odob-axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalari”ni buzgan talabalar,
professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan
shartnomani bekor kilish bo‘yicha takliflar kiritish;
·Talabalaning o‘qishdan
chetlashtirish holatlarini o‘rganish, taklif berish va muhokama qilish;
·Fakutet va kafedralarning
yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish,
professor-o‘qituvchilar tyutorlarning ma’naviy - marifiy ishlarini baholashni
amalga oshirish;
·OTM tarkibiy
tuzilmalariga yo‘nalishdagi vazifaning mohiyatidan kelib chiqqan holda
topshiriq berish, uning ijrosini talab qilish, shuningdek ushbu yo‘nalishda
berilgan topshiriqlarni bajarmagan yoki e’tiborsiz munosabatda bo‘lgan
xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha rektorga taqdimnoma
kiritish;
·Ma’naviy-ma’rifiy
ishlari rejasini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini tashkil qilish va
nazorat etish, sifatli ta’lim berish bo‘yicha OTM jamoasi bilan hamkorlikda
ishlarni yo‘lga qo‘yish;
·OTM
“Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi” hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari
faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha rektorga takliflar berish;
·Turli
uchrashuvlar, bahs-munozara, muloqotlar, og‘zaki suhbatlar, savol- javob
kechalarini muntazam ravishda uyushtirish;
·Talabalarning
bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishni tashkil etish, OTMda 5 muhim
tashabbusni amalga oshirish;
·OTM talabalar
turar joylarida yashayotgan talabalar ehtiyojiga har tomonlama javob beradigan
sharoitlarni muntazam nazorat qilish, turli uchrashuv hamda tadbirlarni tashkil
etilishini muvofiqlashtirish;
·Ijarada, yaqin
qarindoshlari va o‘z xonadonida yashovchi talabalar bilan darsdan bo‘sh vaqtini
mazmunli o‘tkazishni tashkil etish hamda nazorat qilish;
·OTMdagi ma’naviy-ma’rifiy
masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan muntazam OAV, ijtimoiy tarmoqlarda
yoritib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan
fikr-mulohazalar bildirish ;
·Ko‘rik-tanlovlar,
festivallar, badiiy havaskorlik to‘garaklari (QVZ, Talabalar teatr studiyalari,
raqs, vokal, maqom ansambllari, baxshichilik) spartakiadalar, olimpiadalarni
muntazam o‘tkazishni tashkil etish;
·Sport turlari
bo‘yicha OTM terma jamoalarini shakllantirish, musobaqalarda ishtirokini ta’minlash;
·Tizimda
Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish, “Komplayens nazorat”
bo‘limlari bilan hamkorlikda ishlash;
·OTMda
professor-o‘qituvchilar va xodimlarni ishga qabul qilishda bevosita ishtirok
etish;
·OTM
tyutorligiga munosib nomzodlarni taqdim etish va ularni ishga qabul qilish
hamda lavozimdan ozod etishda o‘z takliflari bilan ishtirok etish;
·OTMda TTJga
talabalarni joylashtirish bo‘yicha komissiya raisi sifatida uning tarkibiga
fakultet dekanlari, Yoshlar yetakchisi, OTM Xotin-qizlar maslahat kengashi
raisi, TTJ direksiya rahbarlarining a’zoligini ta’minlash;
·Talaba-yoshlar
o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga tayangan
holda milliy ruh va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik
tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr- qimmatlarini
ulug‘lashga, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan
ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshirish;
·Har bir
talaba-yoshning yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish,
izlanish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali inson-jamiyat-davlat tamoyilini
muntazam targ‘ib va tashviq etish;
·OTM
talabalarini vatanga sadoqat, ona-diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod vatan
barpo etishdek uluga va olijanob maqsadga etiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida
tarbiyalash, jinoyatchilikning oldini olishga qat’iy javobgarligi mo‘ljallangan
targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;
·Talabalarni
binoga kirish va chiqish, yo‘laklarda yurish, dars mashg‘ulotlarida o‘tirish,
jihozlarga nisbatan qanday muomalada bo‘lish tartibini tushuntirish ishlarini
nazoratga olish;
·Pedagog-xodimlar
va talabalarning yurish-turishi, kiyinishi, uyali telefonlaridan foydalanishini
nazoratga olish, tartibga rioya qilmaganlar bilan tushuntirish ishlari olib
borish, intizomiy choralar ko‘rishga taklif berish;
·Talaba, xodim
va professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy tarmoqlarda yoritayotgan noto‘g‘ri
fikr-mulohazalari yuzasidan surishtirish ishlarini olib borish;
·Oliy ta’lim
muassasasi rektori (direktori) xizmat safarida, ta’tilda bo‘lganda yoki
vaqtincha betobligiga ko‘ra ishda bo‘lmagan vaqtlarida ularning vakolati
doirasiga kiruvchi vazifalarni bajarib turish vaqtincha yuklatiladi;
·Yuksak ma’naviy-axloqiy
fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar
tayyorlashni ta’minlash;
·Ijtimoiy-gumanitar
fanlar kafedralari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni muassasaning ma’naviy-ma’rifiy
ishlarida faol qatnashishlarini ta’minlash;
·Talabalar
ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib
borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy
jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish;
·Ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy
amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;
·Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar
rejalarini ishlab chiqish;
·Qo‘mitaning
ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarini oliy ta’lim
muassasasi jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning
bajarilishini ta’minlash;
·Professor-o‘qituvchilar
va talabalar o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy
muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratish;
·Talabalarda
ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish va ularda o‘z tafakkurini doimiy
rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;
·Huquqiy
tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida
huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;
·Mamlakat va xalqaro
hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikga, pedagoglar va talabalarga
yetkazish tizimini tashkil etish;
·Ma’naviy-ma’rifiy
masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash
hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
·Gumanitar va
ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedralarining uslubiy va informatsion (adabiyot,
qo‘llanma va h.k.) ta’minlash, professor-o‘qituvchilar salohiyati va malakasi
masalalarini o‘rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;
·Sport klublari
faoliyatini takomillashtirish, talabalarni sport turlari bo‘yicha tayyorlash, “Universiada”
sport musobaqalarida faol qatnashishini ta’minlash;
·Talaba-o‘quvchilar
orasida badiiy adabiyotni, xususan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida
yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga
alohida e’tibor berish, bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini,
tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari,
muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni
rag‘batlantirish, ta’lim muassasasi axborot resurs markazini turli badiiy,
publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;
·Kam
ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli
haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha
muntazam ish olib borish;
·Talabalarning
ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan
fakultetlar va ta’lim muassasasining hamkorlikda olib boradigan ishlarini
tashkil etish hamda nazorat qilish;
·Ko‘p nusxali
va devoriy gazetalaring muntazam chiqishini ta’minlash, ularda ta’lim
muassassida ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni
doimiy yoritib borish;
·Respublika,
viloyat, tuman va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda
professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;
Mehnat faoliyati
·
2003-2007 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
·
2007-2009 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti
·
2007-2008 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti nemis tili amaliy
fonetikasi va grammatikasi kafedrasi ichki o‘rindoshlik asosida o‘qituvchisi
·
2008-2009 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti fakultetlararo chet
tillar kafedrasi ichki o‘rindoshlik asosida o‘qituvchisi
·
2009-2010 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti fakultetlararo chet
tillar kafedrasi o‘qituvchisi
·
2010-2012 yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti sharq filologiyasi
fakulteti dekan muovini, ichki o‘rindoshlik asosida fakultetlararo chet tillar
kafedrasi o‘qituvchisi
·
2012-2017 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘zbek va chet tillar
kafedrasi o‘qituvchisi
·
2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti zootexniya va
qorako‘lchilik fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, ichki
o‘rindoshlik asosida o‘zbek va chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi
·
2018-2019 yy. - Samarqand veterinariya medisinasi instituti zooinjeneriya
fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, ichki o‘rindoshlik asosida
o‘zbek va chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi
·
2019-2022 yy. - Samarqand veterinariya medisinasi instituti yoshlar bilan
ishlash bo‘yicha prorektori
·
2022 y. - h.v. - Samarqand davlat veterinariya medisinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti yoshlar masalalari va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori.