WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Ulliyeva Sanobar Haydarovna

O‘zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi mudiri

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Filologiya
  • O‘zbek tili

Shaxsiy ma’lumotlar

Sanobar Ulliyeva 2011-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 65 ta ilmiy maqolalar, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.

Ustoz-shogird an’analarini davom ettirib, yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish  maqsadida S. Ulliyeva ilmiy rahbarligida talabalar bir qancha Xalqaro ilmiy tadqiqot ko‘rik tanlovlarlarda ishtirok etib, faxrli I-o ‘rinlarni egallashdi.

Lavozim vazifalari

· O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Yo‘riqnomalari, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlari ijrosini ta’minlash;

 · Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini rivojlantirishga oid Qaror va Farmonlarida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

 · Universitetning mol-mulkiga avaylab munosabatda bo‘lish va undan oqilona foydalanish;

· Universitet miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;

· Kafedra ish rejasi, professor-o‘qituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi yo‘riqnoma asosida boshqa hujjatlarni tasdiqlash;

 · Kafedra pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;

 · Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini ta’minlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida institut rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;

 · Universitetning tegishli xizmat bo‘linmalaridan o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashni talab etish;

· Belgilangan tartib va muddatlarda o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha kafedra hisobotini tayyorlash, fakultet ilmiy kengashi xamda Kengash yig‘ilishlarida hisobot berish;

 · Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash;

· Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

· Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarda tashkil qilish bo‘yicha takliflar kiritish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;

· Talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; · Universitetning axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;

· Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalardagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;

· Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

 · Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

· Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

· Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

· Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

· Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlarni yaratish;

· Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish;

· Kafedra mudiri elchixonalar, chet el tashkilotlari hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan o‘tkaziladigan tadbirlarini yuqori tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda xalqaro aloqalar Kengashi qarori bilan yoki istisno tariqasida rektor farmoyishi asosida yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiradi.

· Universitet jamoat ishlarida qatnashish va jamoat topshiriqlarini bajarishni o‘z zimmasiga olish hamda kafedra xodimlarini faol ishtirok etishini ta’minlash;

Mehnat faoliyati

  • 1997-2007 yy. – Хоrazm viloyati, Хоnqa tumani Bolalar va o’smirlar ijod

markazida to’garak rahbari

  •  2007-2011yy. – Samarqand davlat universiteti talabasi (bakalavr)
  •  2011-2013yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
  •   2013-2018yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘zbek tili va chet tillar  

      kafedrasi o‘qituvchisi

  •  2018-2021yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi  instituti o‘zbek tili,

     adabiyoti va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi

  •  2021-2022yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi  instituti o‘zbek,rus tillari

     va adabiyoti kafedrasi kafedrasi mudiri

  •  2021y.- x.v. – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

     biotexnologiyalar universiteti O‘zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi mudiri.